AQSh Qirg'iziston etnik ahillik va hamjihatlik yo'lidan boradi degan umidda

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlarning Bishkekdagi elchixonasi 2010-yilda O'shda ro'y bergan qonli voqealar yuzasidan bayonot chiqardi. Unda shunday deyiladi:

Qirg'iziston janubida elatlararo qonli to'qnashuvlar yuz berganiga besh yil to'ldi. AQSh shuni qayd etadiki, Qirg'iziston xalqi va hukumati o'tgan yillar mobaynida javobgarlikni ta'minlash, barqarorlik va birdamlikni targ'ib etish bo'yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi va bu harakatlarni davom ettiradi.

Dunyoning qay chekkasida bo'lmasin, jumladan AQShda, fuqarolarga teng ko'z bilan qaraydigan barqaror va adolatli jamiyat barpo etish - hukumat va barcha elatlar o'rtasida konstruktiv dialog yo'lga qo'yilishini taqozo etadi.

Tafovutlar ochiq va demokratik muhitda, qonunlarni ustun qo'yib hamda odamlarni kimligiga qarab ajratmasdan hal etilsa, bu millatni bo'lib qo'ygan illatlar o'rniga Qirg'izistondek yurtda kuchli va barqaror jamiyat vujudga keladi.

Qirg'iziston janubida 2010-yilning yozida olingan suratlar:

Bugungi O'sh:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG