Qirg'iziston janubidagi qonli voqealar xronologiyasi


Iyun oyining birinchi yarmida O'sh va Jalolobod viloyatlarida ro'y bergan xunrezliklarda, taxminlarga ko'ra, minglab insonlar halok bo'lgan.

Yuzlab ming aholi uy-joyi va tirikchiligidan ayrilgan. Qirg'iz to'dalar o'zbek aholiga nisbatan vahshiy jinoyatlarni amalga oshirgan. Jabrdiydalar bugun ham chuqur qo'rqinch va vahima ichida yashamoqda.

Voqeani yoritgan ommaviy axborot vositalari hamda “Human Rights Watch” (Inson huquqlarini kuzatish), “International Amnesty” (Xalqaro Amnistiya) kabi xalqaro tashkilotlar Qirg’iziston muvaqqat hukumati, armiya va militsiyasi ushbu jinoyatlarni to'xtatishga harakat qilmaganini aytadi.

Xotin-qizlar zo’rlangan, erkaklar tiriklayin yoqilgan, murdalar tahqirlangan... Bular hududda sodir bo’lgan vahshiyliklarning ayrimlari, xolos.

Qotilliklar avj olar ekan, 100 mingdan ziyod o’zbek jon saqlash uchun O’zbekistonga qochishga majbur bo’ldi.

Ularning aksariyati ayollar, keksalar va bolalar edi. Erkaklar o’z uy-joylarini himoya qilish uchun Qirg’izistonda qoldi.

Ushbu jadval xronologik tartibda bo'lib, voqealarni foto, video, sharh va xabarlarda aks ettiradi. Yangi dalil va ma'lumotlar jadvalga qo'shib boriladi.

  • 16x9 Image

    Behzod Muhammadiy

    Behzod Muhammadiy AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari bilan nom qozongan. 

XS
SM
MD
LG