Qirg'izistonda saylovlar: Odamlar tinchlik va barqarorlikdan umidvor

  • Amerika Ovozi

Qirg'izistonda saylovlar: Odamlar tinchlik va barqarorlikdan umidvor

Qirg'izistonda saylovlar: Odamlar tinchlik va barqarorlikdan umidvor

Qirg'izistonda bugun prezident saylovlari. Ovoz berish markazlari mahalliy vaqt bilan 8:00 da ochildi va 19:00 da eshigini yopadi.

5,3 million aholiga ega mamlakatda o'ziga yarasha xavotir va hayajon hukmron. Jarayon tinch o'tsin va yangi prezidentni xotirjamlikda saylab olaylik, deydi ovoz berayotgan fuqarolar.

Qirg’iziston Markaziy Saylov Komissiyasining bildirishicha, mamlakat bugungi muhim voqeaga yaxshi tayyorlandi va jarayon silliq kechishi kerak. Uni yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatmoqda.

Janubiy viloyatlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Saylovoldi jarayonlarda notinchlik kuzatilmagan, biroq xalq orasida saylovdan so’ng yana nizolar yuzaga chiqishi mumkin degan xavotir bor.

O'shdan sobiq deputat Bo’riboy Jo’rayev saylov jarayoni va istiqbol borasida “Amerika Ovozi” muxbiri Ulug'bek Sokin bilan suhbatlashdi. Marhamat, tinglang.

’iziston Markaziy Saylov Komissiyasining bildirishicha, mamlakat ertangi muhim voqeaga tayyor.

Janubiy viloyatlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Saylovoldi jarayonlarda notinchlik kuzatilmagan, biroq xalq orasida saylovdan so’ng yana nizolar yuzaga chiqishi mumkin degan xavotir bor.

Sobiq deputat Bo’riboy Jo’rayev saylov jarayoni va istiqbol borasida “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG