Qirg’izistonda bir yarim million odam ochlik xavfi bilan yuzlashmoqda

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, Qirg’izistonda aholining to’rtdan bir qismi to’yib ovqatlanmaydi. 1,5 million kishi haqida gap ketmoqda. Yaqin oylarda vaziyat yanada og’irlashishi mumkin, deydi tashkilot xodimlari.

BMT Oziq-ovqat dasturi doirasida mamlakatda ko’proq yegulik tarqatishga zo’r berilmoqda. Yana 350 ming odam ochlik xavfi bilan yuzlashishi mumkin.

Bunga sababchi omillar, deydi BMT rasmiylari, janubdagi qirg’in, qimmatchilik, hosil kam bo’lgani va qish yaqinlashayotganidir.

Ayniqsa, O’sh va Jalolobodda qahatchilik ehtimoli haqida xavotirlar bor. Qirg’iziston Qishloq xo’jaligi rasmiylari Qozog’iston chegarani yopganini sabab qilib ko’rsatadi va odamlar savdo qila olmayotganini eslatadi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg’izistonga politsiyachi jo’natishni rejalar ekan, guruh rahbari Markus Myuller kecha Bishkekda hukumat vakillari bilan uchrashgan.

52 politsiyachi oktyab boshida o’tadigan parlament saylovlari oldidan tinchlikni saqlashda yordam berishi kutilmoqda. Myuller ishni xolis bajarishga va betaraf bo’lishga va’da bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG