Qirg'iz-tojik chegarasidagi beqarorlik aholi hayotini yanada og'irlashtirgan


Tojikistonga qarashli Lakkon chegara qishlog'ida odamlar ichimlik suvi uchun navbatda turibdi.

Tojikistonga qarashli Lakkon chegara qishlog'ida odamlar ichimlik suvi uchun navbatda turibdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralaridagi vaziyat tarangligi sabab suv va yer taqsimoti masalasida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kelib turadi. Ba’zan hatto qonli to’qnashuvlar ham ro’y beradi. Keyingi yillarda bu muammo, ayniqsa, Tojikiston shimolidagi Sug’d va Qirg’iziston janubidagi Botkent viloyatlari hududida yanada avj olgan.

Bir necha yildirki, Sug’d viloyatining Isfara nohiyasi respublikadagi eng notinch hudud hisoblanadi. Bir tomondan, bu yerda islomiy guruhlarning mavjudligi sezilsa, ikkinchi tarafdan, qo’shni qirg’izlar bilan suv va yer hamda o’tish yo’llari uchun egalik masalasida o’zaro kelishmovchiliklar qonli to’qnashuvlarga sabab bo’lmoqda.

Vaziyat bilan yaxshi tanish ekspert Ilhom Yakubov fikricha, muammolar vaqtida echilmas ekan, tahdid saqlanib qolaveradi.

“2014-yilning 14-yanvarida bo’lib o’tgan hodisada bir necha chegarachilarimiz jarohatlangan edi, bunga bir necha oylar bo’lgan bo’lsa-da, o’rtada biror bir ijobiy o’zgarish ko’rmaymiz. Nazarimda, buning ortida biror-bir guruh yoki manfaatdor to’dani izlamaslik kerak, asrimiz informatsiya asri, tezkor asr, shuncha vaqt muammo hal etilmas ekan, to’qnashuvlar takror va takror bo’laveradi”, - deydi u.

Qo’shni qirg’izlar bilan tez-tez to’qnashuvlarga guvoh bo’ladigan Tojikistonning Vorux qishlog’ida yashovchi Jo’ra Fayzimurodga ko’ra, ekinlari qovjiragan tojik aholisi tomorqasi uchun suv ochaman deganda o’qqa tutilgan.

“Barcha ziroatlarimiz qurib bitdi, qirg’izlar suv bermaydi, odamlar qirg’izlar o’t ochadi, qurol ishlatadi deb xayollariga ham keltirishmagan, bu darajada quturib ketishadi deb o’ylashmagan”, - deydi u.

Mahalliy aholi o’z tomorqalarini ariqdan oquvchi ozgina suvda qondirish uchun navbat kutishadi, chunki suv oz. Suv boshida qorovullik ayollar va bolalar zimmasida, erkaklarning aksariyati chetda mardikorchilik qilishadi. Qorovulchilk ham oson emas, uzoqdan kelganlar ba’zida kun bo’yi yemishsiz qolib ketadi.

“Qirg’izdan kelayotgan suvga navbatda bugun 67 xo’jalik turibdi, kuni bilan o’tiramiz bu yerda ko’rpa-to’shak qilib, erkaklar hammasi Rossiyada”, - deydi mahalliy fuqarolardan biri.

“Suz yo’q, suv deb, odamlar suvga talashib, bir-birini urib ketadi, kecha bir erkak bir xotinni urib ketdi” – deydi yana bir odam.

“Ariqda suv oz, kuni bilan faqat bir oila suv ololadi, bunqada 60 kunda navbat keladi bizga”.

“Tuz totmay o’tiramiz, bo’lmasa boshqasi suvni o’ziga ochib ketadi”.

Yer va suvga qonuniy egalik huquqidan xabardor mahalliy mutaxassis bu haqda ma’lumot bersa-da, nomi bildirilishini istamaydi, o’zidan xavotirlanadi.

“U yo’lki, qirg’izlar to’sib qo’yishgan, aslida bizning yerimizdan o’tadi. Abdurazzoq Rahimov raislik qilgan davrda, 1974-yilda biz ularga 360 gektar yer berganmiz, 1989-yilda yana 17 gektar berganmiz, to’sib qo’yilgan yo’l ana shu yerlardan o’tadi, shuni berkitib qo’yishgan, shundan o’tmaysizlar deyishadi, shuyam ishmi endi, tortishuvga sabab yer aslida o’zimizniki, buni hukumatda o’tirganlar yaxshi bilishi kerak”, – deydi mahalliy faollardan biri.

Mana shu cho'p ko'prik Tojikiston va Qirgizistonni ajratib turadi

Mana shu cho'p ko'prik Tojikiston va Qirgizistonni ajratib turadi

Ariq bo'yida suv uchun navbatda turganlar ro'yxati

Ariq bo'yida suv uchun navbatda turganlar ro'yxati

Isfara nohiyasidagi chegara yaqinidagi bozor atrofida yashovchi Mo’minjon Shokirov ilgarilari qirg’izlar bilan qo’shnichilik juda yaxshi bo’lganini ta’kidlarkan, ularning sotuvchilari Tojikistonda, tojikistonliklar esa Botkentda bamalol bozor qilishganini esga oladi.

“Savdo-sotiq to’xtadi hisob, negadir ular o’zlarini chetga tortishmoqda. Bizda hamma narsa ochiq, hech kimga hech nima demaymiz, bozor ozod bo’lishi kerak. Bilmadik, endi ularning bizga istagi yo’qmi yo o’qitib qoyishganmi. Sulyuktani (Qirg’iziston) ko’miri kelardi, molu-qo’yini bizning bozorda sotishardi, biz hech qanday monelik qilmasdik. Ular bizdan oziq-ovqat mahsulotlari xarid etib, magazinlarida sotishardi, yo’q endi. Qirg’izlarning ta’minoti asosan biz tomondan bo’ladi. Cheklov qirg’iz tomondan bo’lmoqda, bizdan emas. Ko’rsangiz, qirg’iz mashinalari Isfarada bemalol g’izillab yurishbdi, lekin biznikilarni ular qo’ymaydi, bittasi Botkentga borsa, o’sha kuni yo’q, darrov qamab qo’yadi, o’tish yo’lida ham o’tib ketaylik desak yo’lni to’sadi, bizda pasport rejimi deb qo’yishmaydi”, – deya noliydi u.

Tojikistondagi chegara qishloq bozori. Bu yerga qirg'izistonliklar tez-tez kelib turadi.

Tojikistondagi chegara qishloq bozori. Bu yerga qirg'izistonliklar tez-tez kelib turadi.

Mo’minjonning aytishicha, qirg’iz hukumati o’z xalqini yaxshi himoya qiladi-yu, Tojikiston idoralari bo’shlik qilayotgandek ko’rinadi.

Mahalliy o’qituvchi Hikoyat Qurbonova o’rtada uchinchi kuch qo’li bor, ana o’shalar janjal chiqarmoqda, xalq o’z-o’zicha urishmaydi, deydi.

“Kimningdir, begona odamlarning roli bor bunda, o’rtaga nizo solmoqda, mening fikrimcha.O’zidan o’zi bo’lmaydi bu, shuncha vaqtgacha ahil bo’lishgan-ku, qandaydir bir terroristlar aralashganmi, mumkin, biron nima bo’lganmi, bizdan bo’lmagan, o’zbek-qirgizni ajratib bo’lmasdi. Orada bir xil noma’lum begona shaxslar borki, bularki, bularning orasiga nizo solyapti, borib tojikni yomonlab orani buzmoqda”, - deydi u.

Hozir har ikki respublika rahbariyati chegarada totuvlik masalasida kelishib olgan bo’lsa-da, hududlarda vaziyat tarangligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG