Qirg'izistonda o'zbek fuqaro qiynoqlardan jon bergan

  • Amerika Ovozi

Qirg'izistonda o'zbek fuqaro qiynoqlardan jon bergan

Qirg'izistonda o'zbek fuqaro qiynoqlardan jon bergan

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotining ma'lum qilishicha, Qirg'iziston janubida Usmonjon Xolmirzayev ismli shaxs hibsda qattiq qiynoqqa solingan.

Qirg'iziston militsiyasi o'tgan yil iyun oyidagi zo'ravonliklarda ayblamoqchi bo'lgan. Qamoqdan o'tgan hafta chiqarilib, ikki kun o'tgach uyida o'lgan, deyiladi tashkilot bayonotida. Militsiya ozodligi evaziga oilasidan olti ming dollar undirmoqchi bo'lgan.

Bu hol, deydi Human Rights Watch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Xyu Uilyamson, Qirg'iziston huquq-tartibot tizimida korrupsiya va jazosizlik ko'lamidan dalolat. Hukumat bu illatni to'xtatishi uchun yana qancha odam o'lishi kerak, deb so'raydi u.

Usmonjon Xolmirzayev Rossiya fuqarosi edi. 7-avgust kuni uni Bozor-Qo'rg'ondagi uyidan olib ketishgan. Unga na hibsga olish haqida order ko'rsatilgan, na qayerga olib ketilayotgani haqida oilasiga xabar berilgan. Uni ozod etish uchun talab qilingan 6000 dollar o'rniga oilasi 680 dollar topgan xolos. Shundan so'ng uni ozod etishgan. Xolmirzyaevning uyda rafiqasiga aytishicha, uni mahkamaga olib kelishgan kuni boshiga niqob taqib, do'pposlashgan. Yiqilib tushganida esa tergovchilardan biri sakrab, tizzasi bilan uning ko'kragiga 2-3 marta tepgan.

Human Rights Watch
bildirishicha, tashkilotda shunga o'xshash jami yetti hol bo'yicha dalillar bor. Barchasida militsiya o'zbeklarni iyun voqealariga aloqadorlikda ayblash do'q-po'pisasi bilan ulardan pul undirmoqchi bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG