Breaking News

Qirg’iz-o’zbek mojarosiga chek qo’yishga chaqirayotgan namoyishlar


G’arbu-sharqda yashayotgan o’zbek jamoatchiligi O’sh va Jaloboboddagi xunrezliklardan dashshatda va global tarmoq orqali eng so’nggi xabarlarni o’qib, tashqi dunyoni o’z millatdoshlariga favqulodda yordam ko’rsatishga undamoqda.

Yevropada, Shvetsiya poyxati Stokgolmda, AQShda esa Nyu-York va Vashingtonda namoyishlar o’tmoqda. Nyu-Yorkda o’zbek va qirg’iz muhojirlar BMT qarorgohi oldida to’planib, “to’qnashuvlarni, qatliomni darhol to’xtating” degan chaqiriqlar bilan turibdi.

Vashingtonda Oq uy oldida tashkil etilgan aksiyada Amerikaning turli shtatlaridan kelgan o’zbek muhojirlari Obama ma’muriyatini ogohlikka, diqqatni Qirg’iziston janubidagi qirg’inga qaratishga da’vat etmoqda.

XS
SM
MD
LG