Jahon Banki Qirg'izistonga yordam paketi ajratmoqda

  • Amerika Ovozi

Jahon Banki Qirg'iziston janubida iyun oyidagi etnik to'qnashuvlar paytida vayron bo'lgan yo'llarni ta'mirlashga 10 million dollar ajratmoqda.

Bankning Qirg'izistondagi rasmiysi Aleksandr Kremerning aytishicha, O'sh va Jalol-Oboddagi yo'llarni ta'mirlash loyihasi ketidan 5 mingga yaqin odam bir necha oy ish bilan ta'minlanadi.

Jahon Banki, shuningdek, ijtimoiy tiklanish loyihalari va infratuzilma rekonstruksiyasi uchun qo'shimcha 70 million dollar ajratmoqda.

Pul janubda ijtimoiy barqarorlikni tiklash, mamlakat iqtisodiyotini o'nglashga qaratiladi. Pulning yarmi grant, qolgan yarmi esa 40 yilga foizsiz kredit sifatida berilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG