Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor


Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash tashabbusini qo’llab-quvvatlamoqda.

Tashqi ishlar vaziri Ruslan Qazaqbayev kuni-kecha Afg’onistonning Bishkekdagi elchisi Nurmuhammad Karkinni qabul qilib, xavfsizlikka urg’u berdi, munosabatlar rivoji haqida maslahatlashdi.

Tahlilchilar NATOning bu davlatga doir siyosatini qanday baholaydi?

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Bishkekdan siyosatshunos Orozbek Moldaliyev:

"AQSh va NATOga a’zo davlatlar 2001-yili aksil-terror koalitsiya tuzib, Tolibon va al-Qoidaga katta zarba berdi. Afg’onistonga ko’maklashib, xavfsiz, barqaror qilamiz, deb 10 yildan oshiq harakat qilmoqda. Mamlakatga sarmoyalar kirayapti, yo’llar, maktablar qurilayotir. U yerda yaxshi ishlar amalga oshirilyapti”.

Ayni paytda suhbatdosh amalga oshmay qolgan rejalar talayligini aytadi. Shu bilan birga, uning nazarida, vaziyatga real qarash va to’g’ri xulosalar chiqarish darkor.

“AQShning siyosati o’tgan 10 yilda Afg'onistonni to’la o’zgartira olgani yo’q. Chunki Tolibon masalasi oxirigacha yechilmadi. Afg’oniston armiya va politsiyasini kuchaytirishda, yuksak saviyaga olib chiqishda nafaqat AQSh, balki NATOning barcha a’zolari kerakli natijalarga erishmadi. Ammo shuni ham ta’kidlab o’tish kerak, terrorizmga qarshi kurash juda qiyin vazifa. 1999-2000-yillar O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari Qirg'iziston va O’zbekistonga hujum qilgani esimizda. Afg’onistondagi amaliyot boshlangach, bu xavf yo’q qilindi”, - deydi Moldaliyev.

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston sobiq davlat kotibi, tahlilchi Ishenboy Abdrazakov ta'biricha, ittifoqchi kuchlar ketgach, vaziyat murakkablashishi mumkin.

“Agar Hamid Karzay o’zining kamchiliklari, salohiyati va ta’siri pastligiga qaramay amalda qolsa va mamlakatni nazorat qilsa, Markaziy Osiyo uchun jiddiy xavf bo’lmaydi. Ammo hokimiyatga toliblar kelsa, tashvishlar ko’payadi va qo'shnilar tipirchilab qolishi aniq”, - deydi Abdrazakov.

Bu arboblar nazarida Afg’oniston masalasida nafaqat G’arb faolligi, balki boshqa manfaatdor tomonlar, keng hamjamiyat ishtiroki zarur.

“Masalan, afg’on giyohvand moddalar savdogarlarida milliardlab mablag’ bor. Ularni Afg’oniston va Markaziy Osiyo birlashgan holda ham yengishi qiyin. Shuning uchun AQSh, Yevropa mamlakatlari, Rossiya bosh qo'shishi maqsadga muvofiq”, - deydi Moldaliyev.

O’sh davlat universiteti professori Arap Anarbayevning aytishicha, Markaziy Osiyo zaif qo'shnisi bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirishi kerak.

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

Qirg’iziston Afg’onistonni tiklashga hissa qo’shishga tayyor

“Savdo-sotiq, elektr quvvati, gaz, neft eksportini yo’lga solib Afg’onistonni o’z davrasiga qo’shishi kerak. Bekorga Hamid Karzay Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga uchinchi safar kuzatuvchi sifatida qatnashayotgani yo’q. Afg’onlar ham ushbu tashkilotga a’zo bo’lishni istaydi”, - deydi professor.

Rasmiy Bishkek bu davlatni tiklashga hissa qo’shishga tayyorligini ta’kidlab kelmoqda.

Ayni fikr kuni-kecha Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Qazaqbayevning afg'on elchisi Nurmuhammad Karkin bilan uchrashuvi paytida ham yangragan.

Biroq mahalliy tahlilchilar Qirg’izistonning bu borada imkoniyatlari cheklanganini yashirmaydi.

“Ishbilarmonlarimizda u yerga borib, tiklash ishlarida qatnashish uchun imkoniyat ozroq. Sababi u yerda ko’p narsa talab qilinadi. Yaxshi, zamonaviy jihozlar, texnika bo’lishi kerak, malakali mutaxassislar ishlashi kerak. Tenderda qatnashaman, degan muassasalarimizning o’zida ham yirik sarmoya bo’lishi shart”, - deydi Moldaliyev.

XS
SM
MD
LG