Qirg'iziston Oliy sudi Azimjon Asqarov ishini qayta ko'rib chiqishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Jalol-Obod viloyatida o'z nohukumat tashkilotini yuritgan Azimjon Asqarov 2010-yildan beri qamoqda

Jalol-Obod viloyatida o'z nohukumat tashkilotini yuritgan Azimjon Asqarov 2010-yildan beri qamoqda

Qirg'iziston Oliy sudining bildirishicha, Azimjon Asqarov ishi, appelyatsiya tartibida qayta ko'rib chiqiladi, agar bu borada murojaat qilinsa. Umrbod qamoq jazosiga loyiq topilgan Asqarov ishi oldin ikki bor qayta ko'rib chiqilgan, lekin hukm o'zgartirilmagan.

BMT maxsus qo'mitasi o'tgan hafta respublika adliya tizimini bu borada qattiq tanqid qilib, Asqarov asossiz qamalgan, deya uni ozod etishga chaqirgan edi.

Jamoatchi faol, huquq himoyachisi sifatida nom qozonib, Qirg'iziston janubidagi adolatsizliklar haqida ma'lumotlar to'plab, uni jahon hamjamiyatiga uzatgan Asqarov 2010-yilning yozida Jalol-Obodda bir militsioner o'limida ayblanib, hibsga olingan va sudlangan. Asqarov ayblovni tan olmagan va uning himoyachilariga ko'ra, butun ish sahnalashtirilgan, o'zbeklar manfaati uchun kurashgan faol ataylab nishonga olingan.

Qirg'iziston hukumati bu ish yuzasidan tanqidga, odatda, adliya tizimi mamlakatda mustaqil va jarayonga hech kim aralasha olmaydi, deya javob beradi.

Asqarov bir umrga qamalganini xalqaro tashkilotlar, G'arb davlatlari, jumladan, AQSh, hukmni adolatsiz va asossiz deya qoralagan hamda mahbus qiynoqqa solingani yuzasidan da'volarni tekshirishga undagan. Amerika 2015-yilning yozida Asqarovga inson huquqlari yo'lidagi xizmatlari uchun mukofot bergach, Bishkek g'azabga kelib, aloqalarga putur yetgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG