Qirg’izistonda Bakiyev va uning safdoshlari ustidan sud boshlandi

  • Amerika Ovozi

Bakiyevning o’zi Qirg’izistonda emas. Apreldagi qo’zg’olonda o’lganlarning yaqinlari bugun politsiya to’sig’ini yorib o’tishga, hibsdagilarga yetib borishga harakat qilgan.

Bakiyevning o’zi Qirg’izistonda emas. Apreldagi qo’zg’olonda o’lganlarning yaqinlari bugun politsiya to’sig’ini yorib o’tishga, hibsdagilarga yetib borishga harakat qilgan.

Qirg’izistonda sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev va uning 27 safdoshi sudga tortilar ekan, aprel oyidagi g’alayonda yaqinlaridan ayrilgan kishilar bugun politsiya bilan to’qnashgan. Ular qasos talab qilmoqda.

Sobiq prezident va uning yordamchilari, jumladan sobiq mudofaa vaziri Baktibek Kaliyev, xavfsizlik xizmati rahbari muovini Nurlan Temirbekov bahor boshida ommaga qarshi kuch ishlatganlikda ayblanmoqda.

O’shanda 80 dan ziyod odam halok bo’lgan, namoyishchilar Bakiyevni hukumatdan ag’darib, prezident qochib qutulgan edi.

Aybdor topilsa, rasmiylar 10 yildan tortib umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bakiyevning o’zi Qirg’izistonda emas, u hozir Belarusda yashamoqda. Sudlanayotganlar orasida yana besh kishi, jumladan sobiq prezidentning o'g'li, ukasi, bosh vaziri va xafvsizlik xizmati rahbari ham xorijda.

Apreldagi qo’zg’olonda o’lganlarning yaqinlari bugun politsiya to’sig’ini yorib o’tishga, hibsdagilarga yetib borishga harakat qilgan. Natijada mahbuslarning advokatlari jarayonni kechiktirishni so'ragan.

Sud Bishkekda, sport saroyida o’tmoqda. "Korrupsiyaga qarshi fuqarolar" nomli huquq markazi rahbari Tolekan Ismoilova nazarida sud jarayoni siyosiy tomoshadan boshqa narsa emas.Rahbariyat o'zi adolatli deb ko'rsatish uchun shunday qilmoqda, deydi u, aslida bunday emas.

Roza Otunbayeva ma’muriyatining aytishicha, aprelda Bakiyev va uning safdoshlari ommaga qarata o’t ochishga buyurgan. Otunbayeva adolat va'da qilmoqda.

Bu orada yangi saylangan parlament shu hafta birinchi bor sessiya o’tkazgan. Unda eng ko’p o’rin olgan, millatchi ruhdagi Ota-Yurt partiyasi koalitsiya tuzish bilan band.

Mazkur partiya sobiq hukumatda ishlagan kishilar ekani, xalq yana o’sha arboblarni saylagani taajjub uyg'otadi, deydi tahlilchilar. Bu partiya Qirg’izistonda yangi tartib – parlament boshqaruviga ro’y-xush bermay keladi va prezident boshqaruviga qaytish kerak deb hisoblaydi.

Qo’shma Shtatlar Qirg’izistonning Manas tranzit markazidan Afg’onistondagi harbiy operatsiyada foydalanib keladi va bu davlatda ilk parlamentar demokratiya yaratish tashabbusini qo’llab-quvvatlamoqda.

Rossiya ham Qirg’izistonda havo bazasiga ega, biroq parlament boshqaruvi ish berishiga shubha bilan qaraydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG