Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg’iziston – bu zaminda yashayotgan har bir insonning yurti. Milliylik tushunchasi o’zgaradi, Qirg’iziston xalqi deganda faqat qirg’iz emas, o’zbeklar va boshqa elatlarni o’z ichiga olgan jamiyat tushuniladi, deydi Saltanat Berdikeeva. U bilan gaplashga

Qirg’izistonlik yosh olima Saltanat Berdikeeva g’arb-sharqda ko’plab siyosatdonlar uning vatani kelajagini shubha ostiga olayotganidan norozi.

Qirg’iziston, deydi u, yolini topib ketadi va bugungi murakkab vaziyat demorkatiyaga intilgan har bir jamiyat boshdan kechiradigan tabiiy holat.

Saltanat Berdikeeva ishlagan hujjatli film “Qirg’iziston Chorrahada” deb nomlanadi va unda muallif yuqorida keltirilgan fikrlarini asoslashga harakat qiladi.

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

2010 yilning 7 apreli. Saltanat Berdikeeva ko’targan kamera sizga Bishkekning markaziy maydonidagi namoyishlar, tartibsizliklar va zo’ravonliklarni yaqindan ko’rsatadi. Ko’chalarda to’kilgan qonni yomg’ir suvi ham osongina yuvib keta olmaganini ko’rasiz.

Etingiz jimirlar ekan, ko’z oldingizda gala-gala yoshlar, asosan yigitlar, u yoqdan bu yoqqa yugurib, buzg’unchilik qilayotgani, betamiz so’zlar aytib, qichqirayotganiga guvoh bo’lasiz. Naqadar beadablik deya o’ylaysiz.

Shularmi demokratiya deb ko’chaga chiqqanlar? Qirg’izlar o’zi nima xohlaydi?

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Davlat to’ntarishlari-yu qo’zg’olonlar ortida haqiqatan ham erkinlik talabi turibdimi yoki bu hammasi faqat o’z manfaatini o’ylagan siyosiy, iqtisodiy va jinoiy doiralarning ishimi?

Saltanat Berdikeevaning muddaosi qirg’izlarning fikrini eshitish. U oddiy aholi dardini tinglaydi. Siz har kuni eshitmaydigan ovozlar, ko’rmaydigan chehralar.

Suhbatdoshlarning ko’pi Qirg’izistonda o’tgan 20 yilda xalq hayotini yaxshilash uchun yetarlicha harakat qilinmaganidan, korrupsiya turmush tarziga aylanib, butun infratuzulma ishdan chiqqanidan noliydi.

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Odamlarni ko’chaga olib chiqadigan asosiy sabab, deydi ular, bu ilojsizlik, ishsizlik, bekorchilik.

Bir ziyoli ekologik ahvol yomonlashib borayotgani, suv tanqisligi va qishloq joylarda tirikchilik qilish deyarli mumkin bo’lmay qolgani haqida gapirib beradi.

Ta’lim saviyasi pasayib ketgan, mamlakatda mutaxassislar yetishmaydi va mavjud resurslar ham boy berildi.

Odamlar orasida ertangi kunga umid bor, deydi Saltanat Berdikeeva, chunki ular mehnat qilishga, kelajak uchun ter to’kishga tayyor.

Ularga vijdonli, fidoiy va kuchli yo’lboshchilar kerak. Qirg'izlar tinch, farovon va erkin hayot istaydi, deydi olima.

Liderlarga kelganda, umid yangi avloddan degan gaplarni eshitasiz. Saltanat Berdikeeva maktabni endi bitirayotgan qirg’izlar bilan gaplashar ekan, ular bugungi qiyinchiliklarni o’tkinchi deb ataydi.

Atrofda diktaturalar barq urib turganiga qaramay, Qirg’iziston qo’rqmasdan erkinlik yo’lidan ketdi, deydi bir o’quvchi.

G’arbcha demokratiya yo’lini tanlab xato qilganimiz yo’q, inqiloblar xalqimiz zulmga toqat qilmasligini ko’rsatdi, deydi yana bir yosh qirg’iz.

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Saltanat Berdikeeva bu filmni 2010 yilning iyun oyida janubda yuz bergan qirg’indan ikki oy oldin suratga olgan.

Ikki xalq bir-birining qonini to’kkani zamonning eng dahshatli fojiasi bo’ldi, deydi u, lekin elatlar yonma-yon yashashga, til topishishga majbur.

Muammolar talay, ular vaqtida hal etilmayapti, ammo bu haqda ochiq gapirish mumkin, oshkora fikr almashish mumkin, rahbarlarni tanqid qilish mumkin, mana shuning o’zi bir yutuq, deydi Saltanat Berdikeeva, atrofdagi biror jamiyatda bunchalik so’z erkinligi yo’q. Olima mana shu erkinlik bora-bora taraqqiyotga olib borishiga ishonadi.

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg'izlarning istagi nima? Tinchlik va farovonlik, deydi Saltanat Berdikeeva

Qirg’iziston – bu zaminda yashayotgan har bir insonning yurti. Milliylik tushunchasi o’zgaradi, Qirg’iziston xalqi deganda faqat qirg’iz emas, o’zbeklar va boshqa elatlarni o’z ichiga olgan jamiyat tushuniladi, deydi Saltanat Berdikeeva. U bilan gaplashgan qirg’izlar ham shu fikrda.

AQSh Demokratik Jamg’armasi (National Endowment for Democracy) Qirg’izistonda uzoq yillardan beri ishlab keladi. Tashkilotning region bo’yicha rahbari Miriam Lanskoy Saltanat Berdikeevaning filmini yuqori baholaydi.

Uning sharhicha, kartinaning mazmuni shunday: kelajakka ishoning, lekin uni kutib emas, harakat qilib yashang. Bugungi muammolarni ochiq tan oling va nima qilmoq kerakligi ustida o’ylang.

Bu yilning oktabr oyida Qirg'iziston yangi prezident uchun ovoz beradi

Bu yilning oktabr oyida Qirg'iziston yangi prezident uchun ovoz beradi

Qirg’iziston atrofidagi davlatlar va yirik hamkorlar, xususan Rossiya respublikada parlament tizimiga o'tilganini yoqlamaydi, qolaversa bu bilan biror yangilik bo’lishiga ishonmaydi, deydi Miriam Lanskoy.

"Rossiya na o’zi, na boshqalar demokratik qadam qo’yishini yoqtiradi. Buni o’ziga xavf deb biladi. Shuning uchun Qirg’izistonda parlament tizimi ish bermaydi deb bong urayotganidan xayron emasman. Qizig’i, bunday taxminlar va pessimizm G’arbda, jumladan AQShda ham yangramoqda”,- deya afsuslanadi u.

“Mana shunday muhitda ishonchni boy berish oson”, - deydi Miriam Lanskoy, “lekin Qirg’izistonda qay elat vakili bo’lmasin, umidga to’la insonlar ko’p va ular oshkoralik, mas’uliyatli boshqaruv va erkinlik istab yashamoqda”.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG