Almazbek Atambayev - Qirg'izistonning yangi prezidenti

  • Amerika Ovozi

Roza Otunbayeva prezidentlik lavozimidan 31-dekabrda ketadi. Yangi yildan boshlab esa bu kursi - Almazbek Atambayevniki.

Roza Otunbayeva prezidentlik lavozimidan 31-dekabrda ketadi. Yangi yildan boshlab esa bu kursi - Almazbek Atambayevniki.

Markaziy Saylov Komissiyasining tasdiqlashicha, Almazbek Atambayev - Qirg'izistonning yangi prezidenti.

30-oktabrda o'tgan saylovlarda berilgan ovozlarning qariyb 63 foizi Atambayevga berilgan.

Uning ikki yirik raqibi, millatchi liderlar sifatida tanilgan Adaxon Maduramov va Kamchibek Tashiyev 15 foizdan ovoz olgan. Madumarov parlamentning sobiq spikeri, Tashiyev esa bokschi.

Har ikkisi saylov oshkora va adolatli o'tmadi, ko'plab xatolarga yo'l qo'yildi deya jarayonni qoralagan edi. Ularning tarafdorlari zo'ravonlikka berilib, mamlakat yanada beqarorlashishi mumkin degan xavotir bor edi.

Lekin vaziyat nazorat ostida va yil oxiriga borib, hokimiyat tinch yo'l bilan yangilanadi, deydi rasmiylar.

Almazbek Atambayev muxolifat bilan til topishishni va'da qilgan. "Mamlakat milliy va siyosiy murosa yo'lidan boradi",- deydi u.

Almazbek Atambayev muxolifat bilan til topishishni va'da qilgan. "Mamlakat milliy va siyosiy murosa yo'lidan boradi",- deydi u.

Roza Otunbayeva 31-dekabr kuni prezidentlik lavozimini topshiradi. Markaziy Osiyo respublikalarida hali biror rahbar kursini qonunan va o'z xohishi bilan tark etmagan. Ular odatda qayta saylanish, qo'shimcha vakolat olish uchun qonunlarni o'zgartirish va saylovda ko'pchilik aynan unga ovoz berishini ta'minlash harakatida.

Almazbek Atambayev muxolifat bilan til topishishni va'da qilgan. "Mamlakat milliy va siyosiy murosa yo'lidan boradi",- deydi u.

Saylovni kuzatgan xalqaro mutaxassislar, xususan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari, jarayonda muammolar bo'ldi, xatolarga yo'l qo'yildi, deydi.

Bir fuqaro bir necha bor ovoz bergan, oldindan to'ldirilgan byulletenlarni tashlash, saylovchilarni ro'yxatga olmaslik hollari kuzatilgan.

"Bu muammolarni bartaraf etish, javobgar shaxslarni jazolash va tartibni ta'minlash lozim. Lekin bu xatolar umuman olganda saylov natijasiga uncha ta'sir qilmadi",- deya bildiradi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG