Qirg'izistonda yangi hukumat tuzilishi kutilmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Almazbek Atambayev

Prezident Almazbek Atambayev

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambayev kecha hukumat iste’fosini qabul qildi.

Korrupsiya, davlat mulkini musodara qilishga doir bahslar ketidan hukmron koalitsiya tarqalib ketgan.

Bu tanazzul aholisi 5 yarim million kishilik, iqtisodiy nochor davlatda yana beqarorlikka yetaklashi mumkin degan xavotirlar mavjud.

Yangi hukumat shakllangunicha, Bosh vazir Jantoro Sotiboldiyev qo’li ostidagi Vazirlar mahkamasi ishini davom ettiradi.

Qirg’iziston konstitutsiyasiga ko’ra, parlament yaqin ikki haftada yangi bosh vazirni tanlay olmasa, Atambayev organni tarqatib yuborishi va erta saylovlarni belgilashi mumkin.

Koalitsiya tarkibidagi "Ota Makon" partiyasi nazarida, bosh vazir Sotiboldiyev mansabni suiiste’mol qilib, chet el yordami va davlat g’aznasini musodara qilmoqda.

Xususan, Sotiboldiyev 2010-yilda janubdagi qonli olishuvlar ketidan ajratilgan yordamni noto’g’ri taqsimlashda ayblanib, tanqid ostida.

"Ota Makon" partiyasi koalitsiyani hafta boshida tark etgan.

2012-yilda ish boshlagan koalitsiya safida shuningdek, “Or-Nomus” va Sotsial demokratlar partiyasi bor edi.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG