Qrim-tatarlar lideri: Qirg'iziston mustaqil davlat deb o'ylagan edim


Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Qirg'izistonga borgan Qrim tatarlari rahbari Mustafo Jemilev Bishkek aeroportida so'roq qilingan. Ukraina va Turkiya vakolatxonalari aralashivu bilan Jemilev va uning yordamchisi Rustam Umerov qo'yib yuborilgan. "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Jemilev Bishkek Moskva buyutmasiga ko'ra ish tutayotganidan taassuf bildirdi.

Mustafo Jemilevning aytishicha, u va yordamchisi Bishkekka uchib kelishlari ortidan biror tushuntirishsiz aeroport politsiyasi tomonidan ushlab turilgan.

Ular uch soatdan ortiq davom etgan surishtiriuv ketidam qo'yib yuborilgan. Bishkek politsiyasi Rustam Umerovni qidiruvda bo'lgan jinoyatchi guruh yetkchisi bilan adashtirib yuborganini aytgan.

“Bizni ushlashgandan so'ng aeroportga Ukraina elchixonasidan kelishdi. Turkiya vakolatxonasi surishtira boshladi, xullas, qo'yib yuborishdi. Go'yo ular mening yordamchim Rustam Umerovni bir jinoyachi bilan almashtirib yuborishgan emish. Bu kurak turmaydigan izoh. Mening diplomatik pasportimni ham uch soat mobaynida o'zlarida ushlab turishdi, u yerda kimligim, Ukraina xalq deputati ekanligim aniq yozib qo'yilgan”, - deydi Jemilev.

Siyosatchi fikricha, Bishkek bunday qo'pol muomila bilan ehtimol Ukrainaga nisbatan munosabatini qandayligini ko'rsatmoqchidir. Shunday bo'lsa bu Rossiya xohishiga ko'ra qilinayotganini taxmin qilish qiyin emas, deydi suhbatdosh.

“Albatta, tushunaman bu bilan Ukraina voqealariga nisbatan munosabat namoyish qilinmoqda. Bu munosabat esa Qirg`izistonga “xo`jalari” tomonidan buyurilgan, ammo meni taajubga solayotgani Qirg'izistonning o'zi mustaqil davlat-ku”, - deydi Mustafo Jemilev.

Ukraina tashqi ishlar vazirligidagi manbaga ko'r,a Mustafo Jemilev bilan bog'liq mojaro yuzasidan Bishkek uzr so'ragan, vaziyatga Ukrainaning Bishkekdagi elchixonasi jalb qilingan.

Jemilev Bishkekka Qirg'iziston va Yevropa Kengashi parlamenti hamkorlikda tashkil qilgan “Markziy Osiyodagi muhojirlik muammolari” nomli konferensiyada ishtirok etish uchun borgan.

Qrim Rossiyaga qo'shib olingach Kremlning ashaddiy tanqidchisi bo'lgan qrim-tatarlar yetakchisi Mustafo Jemilevning u yerga kirishi ta'qiqlab qo'yilgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG