Qirg’izistonlik yozuvchi tarixiy siymolar turkumini yaratmoqda


O'sh, Qirg'iziston

O'sh, Qirg'iziston

2016-yil Qirg'izistonda "Tarix va madaniyat yili" deb e’lon qilindi. Bishkeklik sharqshunos, tarixchi va yozuvchi Begijon Ahmedovning qirg’iz va o’zbek tillarida nashr qilingan “Tafakkur bo’stoni” kitobini ushbu yilning debochasi deyish mumkin.

Asar bu diyorda o'tgan ming yil ichida yashab ijod qilgan mutafakkirlar, olimu-ulamo, shoiru-yozuvchi, mashhur arboblar hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

“Turkumning dastlabki kitobiga buyuk qirg’iz namoyondasi Manasdan to Chingiz Aytmatovgacha, al-O’shiydan Mug’anniygacha o’tgan davrda ijod qilgan 34 nafar qirg’iz va o’zbek - turkiy - arboblar haqida qissalarni kiritdik. Olloh umr bersa, keyingi kitoblarimni yana o’nlab-yuzlab mutafakkirlar hayotiga bag’ishlamoqchiman”, - deydi muallif.

Qissalar xronologik ravishda joylashtirilgan bo’lib, kitobxon Yusuf Balasog’un, imom Sarahsiy, Mahmud Qashg’ariy, Sirojiddin al-O’shiy, Ketbuka, To’ktag’ul, Isomiddin Pahlavon, Qozi O’shiy, Xo’janazar Huvaydo kabi buyuk siymolar borasida qiziqarli ma’lumotlar oladi.

XX asr namoyondalari - ikki xalqning taniqli yozuvchi va shoirlari Joomart Bo’ko’nboyev, Mirzakalon Ismoiliy, Tugo’lboy Sidikbekov, Izzat Sulton, Shavkat Rahmon, tasavvuf ilmlari bilimdoni Zuhriddin mahsum domla Saidov, olimlar Isa Oxunboyev, Habib Abdullayev, Musa Adishev, Ibrohim Hamroboyev, davlatarbobi Ishoq Razzaqov singari insonlar xususida gap ketadi.

“Qirg’iz va o’zbek kitobxonlariga ikki qardosh xalqning taniqli o’g'lonlari haqiga imkon qadar keng ma’lumot berishga harakat qildik. Toki yangi avlod ajdodlarimizning insoniyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasidan xabardor bo’lsin,ular bilan faxrlansin. Xalqlarimizning ildizi birligini, asrlar davomida ahillik, hamjihatlikda yshab kelganini doim yodda tutishsin”, - deydi Begijon Ahmedov.

Muallifning bu kitobi ham, avvalgi asarlari kabi, mahalliy o’qiv yurtlari hamda jamoalarda belul tarqatilayotir.

“Tarixiy mavzularni yoritish katta jasorat talab qiladi. Begijon Ahmedovning bu yo’ldagi izlanishlarini men yuqori baholayman”, - deydi adabiyotshunos olim, O’sh davlat universitetining o’zbek filologiyasi kafedrasi mudiri Ravshanbek Tursunov.

Uningcha, mazkur yo’nalishdagi asarlarga yosh avlodda talab katta, deyish qiyin. Qisiqish hamda talab shakllanishi va tobora o’sib borishi uchun bunday adabiyot ko’payishi, targ’ibot kuchayishi lozim.

XS
SM
MD
LG