Qirg’izistonda islom ahlining boshqa dinlarga munosabati qanday?


Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat Qirg’izistonda turli e'tiqod vakillari azaldan tinch-totuv yashab keladi.

Ayniqsa, deydi mutaxassislar, musulmon-pravoslav aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Ammo hukumat ham, jamoatchilik ham chetdan kelib, diniy targ’ibot olib boruvchi guruhlarga shubha bilan qaraydi.

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Jalol-Obod shahridagi jamoat fondi, Islom ta’limiy markazi, rahbari Dilmurod O'rozov islomda boshqa din vakillarini hurmat qilib, sabr-toqatli bo’lish aytilganini eslatadi.

“Masalan, Suriyadagi qadimiy masjidlar asli minglab yil oldin qurilgan cherkovlar bo’lgan. O’sha chekovlar keyinchalik buzib tashlanmadi. Musulmonlar u yerlarga kirib, cherkov rohiblaridan izn so’rab, namozini o’qigan".

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

"O’zga din vakillariga islomda yomonlik yoki agressiya ko’rsatilmagan, ular musulmonlarga zulm qilmaguncha. Pravoslav dinidagilarning yaxshiligi shundaki, ular islom diniga hurmat bilan qaraydi va hurmat topishadi”, - deydi Dilmurod O'rozov.


O’shda tug’ilib o’sgan Tatyana Vyugina bolaligidan mahalliy cherkovga qatnaydi.

“Umuman olganda, Janubiy Qirg’iziston ahli barcha dinlarga bag'rini ochib tanilgan. Odamlar kim, qaysi dinga daxldor ekani ahamiyatsiz, insoniylik bo’lsa bas”, - deydi u.

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’iziston qonunlari barcha dinlarga keng yo’l ochgan. Bu hol mustaqillik yillarida mamlakatga o’nlab diniy oqimlar kirib kelishiga imkon yaratgan.

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

O'zga e'tiqodni targ’ib qilish ayrim joylarda musulmonlarning noroziligiga uchraydi. Yangi dinlarning da’vatchilari olis qishloqlardan quvib yuborilgan hollar ham bor.

O’shlik haydovchi Murodjon Siddiqov bu masalaga chuqurroq qarash lozimligini aytadi. Uning nazarida davlat tizimlari har bir diniy oqimning maqsad va rejalarini puxtaroq o’rganib, keyin ro’yxatga olishi darkor.

“Qaysi diniy tashkilotning faoliyati nimaga to’g’ri keladi? Orqasida nima bor? Hozir hammasiga o’lkada ish yuritishiga ruxsat berilmoqda”, - deydi Murodjon Siddiqov.

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Qirg’izistonda islom ahlining boshqa din vakillari bilan munosabati qanday?

Islom ta’limiy markazi rahbari Dilmurod Orozov fikricha, hukumat dinlarning bir-biriga tutash nuqtalarini topishi kerak. Qirg’iziston musulmon davlati bo’lganidan, davlat rahbarlari musulmonman deb da’vo qilayotganidan keyin islomga yon bosilsa, yaxshi bo’lar edi, deydi u.


Qirg’izistonda har xil oqimlar faoliyat yuritayotgani tashvish uyg’otib, bu xavotirlar Bishkekkacha yetib borgan. Bu borada mavjud qonunlarga o’zgartirish kiritish taklif qilingan.

“Diniy asosda qandaydir janjal chiqadigan bo’lsa, to’xtatish uchun davlatning kuchi yetmay qoladi. Shu bois hukumat bu masala bilan mahkam shug’ullanishi shart. Muammoni o’z holiga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, O’zbekistonda inson huquqlari qanchalik poymol bo’layapti degani bilan bunday janjallar chiqmaydi".

"Chunki o’sha davlat o’z xavfsizligini o’ylaydi. Bizda esa inson huquqlarini himoya qilish bilan birgalikda davlat xavfsizligini unutib qo’yayapmiz. Davlat tinchligini ta’minlash uchun nima qilish kerak? Barcha diniy uyushmalarga ularni qiziqtiradigan ish topib berish kerak”, - deydi Dilmurod O'rozov.

Tadqiqotchilar dinlararo munosabatlarning o’ta nozik masala ekanini ta’kidlaydi va doimiy muloqot darkorligini eslatadi.

XS
SM
MD
LG