Breaking News

Qirg'izistonda eski siyosatchilardan iborat yangi muxolifat


Ravshan Jeenbekov, Qirg'iziston parlamenti a'zosi - yangi harakat lideri
Ravshan Jeenbekov, Qirg'iziston parlamenti a'zosi - yangi harakat lideri
Bishkekda yangi muxolifat o’zini tanishtirdi. “Qirg’iziston patriotik kuchlari” deb nomlangan milliy harakatga ikki siyosiy partiya, jumladan qator sobiq amaldorlar va bir necha deputatlar kirgan.

Qirg'iziston - yangi muxolifat - Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:57 0:00
Yuklab oling

Yangi oppozitsion birlashma yetakchisi, parlament a'zosi Ravshan Jeenbekovga ko’ra, “Qirg’iziston patriotic kuchlari” o’z oldiga uch asosiy maqsad qo’yayotir.

Birinchi maqsad – amaldagi Konstitusiya rioya qilinishiga erishish.

Ikkinchi maqsad – parlamentarizmni mustahkamlash, hokimiyatning avtoritarlashishiga qarshi kurashish.

Uchinchi maqsad – Rossiya yetakchiligidagi Boj ittifoqiga kirmaslik; “Qumtor” oltin koni masalasini referendumga qo'yish; boshqaruvni nomarkazlashtirish.

Jeenbekov janoblariga binoan, yaqin orada muxolifat mamlakat taraqqiyotining alternativ strategiyasini taklif qiladi.

Harakatga O’sh shahrining sobiq meri Melis Mirzakmatov boshliq “Uluttar birimdigi” hamda iste’fodagi harbiy Artur Medetbekov yetakchiligidagi Qirg’iziston Xalq demokratik partiyasi, ma’lum muddat hibsda bo’lgan Qamchibek Tashiyev, bot-bot siyosiy sahnada ko’rinib turadigan Azimbek Beknazarov, Omurbek Suvanaliyev, Kubatbek Baybolov, parlament deputatlari Bodosh Mamirova va Omurbek Abdrahmanovlar kirgan.

Mahalliy tahlilchilar nazarida, “yangi” muxolifat jiddiy dastur va salmoqli salohiyatga ega emas.

O’shdagi nodavlat tashkilotlardan birining rahbari, partiya qurilishi masalalari bo’yicha mutaxassis Bolish Saiyev nazarida yangi harakatni baholashga hali erta, ammo hozircha yakdillik ko’zga tashlanmaydi.

Qirg’iziston prezidentining mamlakat parlamentidagi sobiq muxtor vakili, taniqli siyosatshunos Orozbek Moldaliyev deydiki, muxolifat eski plastinkani aylantirmoqda. Va hozircha arzigulik chora – tadbir olg’a surilmagan.
XS
SM
MD
LG