Qirg’izistonda yangi, vakolati oshgan parlament birinchi bor sessiyaga yig’ildi

  • Amerika Ovozi

Qirg’izistonda yangi, vakolati oshgan parlament birinchi bor sessiyaga yig’ildi

Qirg’izistonda yangi, vakolati oshgan parlament birinchi bor sessiyaga yig’ildi

Qirg’izistonda 10 oktabrda saylangan yangi parlament bugun ishga kirishdi. Xalq, vakolati endi ko’proq parlament demokratiya va tinchlikni ta’minlab berarmikan deb ko’z tikmoqda.

Prezident Roza Otunbayeva Oliy Majlis ochilishida ishtirok etar ekan, partiyalarni shaxsiy manfaat emas, xalq hayoti, dardini o’ylab ish tutishga da’vat etdi.

Parlamentga kirgan besh partiyadan birortasi hukumat tuzish uchun yetarli ovoz olmagan bir paytda, hozir katta partiyalar koalitsiya yaratish ustida ishlamoqda. Tahlilchilar siyosiy bahs, fitnalar hali oldinda, deydi.

Saylovda 29 partiya ishtirok etgan edi. Zarur dovondan o’ta olmagan bir necha partiya, ayniqsa, “Butun Qirg’iziston” natijadan rozi emas va ovozlar qayta sanalsin, deb talab qilmoqda.

Biroq Markaziy saylov komissiyasi xulosasi ayon – 120 kishilik parlamentda 28 o’rin “Ota Yurt”, 26 tasi Sotsial-demokratlar, 25 tasi “Or-Nomus”, 23 o’rin Respublika va 18 joy “Ota Makon” partiyasi qo’lida.

"Amerika Ovozi" “Umay Ona” partiyasi rahbari, adiba Salima Sharipova bilan suhbatlashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG