Kuzatuvchilar: Qirg'izistonda parlament boshqaruvi hali xom


Yirik siyosiy o’zgarishlar va etnik nizolarga sahna bo’lgan Qirg’izistonda qariyb uch yildan buyon parlament boshqaruvi mavjud.

Lekin davlat istiqboli uchun bu tizim naqadar o’rinli yoki samarali ekani borasida bahslar tinganicha yo’q. Sistema tanqidchilari uni samarasiz desa, tarafdorlar bundan mamlakat manfaatdor, deydi.

Kuzatuvlarchilar so'zlariga ko’ra, aksariyat jamoatchilik Qirg’izistonda parlamentarizm hozircha juda zaif bo’lib, aslida prezident boshqaruvi amalda qolayotir, degan fikrda.

O’shdagi jamoatchi hamkorimiz Muhiddin Zarif siyosiy tahlilchilar bilan shu mavzuda suhbatlashdi.


XS
SM
MD
LG