Qirg’izistonda jurnalistlar, faollar taqdiri yuzasidan xavotirlar

  • Amerika Ovozi

“Prezident xonim”, - deyiladi qo’mita maktubida, “siz ommaviy axborot vositalari erki va qonun ustuvorligini ta’minlayman deb va’da qilgan edingiz. Bu va’daga sodiq qoling".

“Prezident xonim”, - deyiladi qo’mita maktubida, “siz ommaviy axborot vositalari erki va qonun ustuvorligini ta’minlayman deb va’da qilgan edingiz. Bu va’daga sodiq qoling".

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo’mitasi Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayevaga maktub yo’llab, uch nafar o’zbek mutaxassisiga qarshi harakatlardan qattiq xavotir va qayg’uda ekanini bildirgan.

Halil Xudoyberdiyev, Javlon Mirzaxo’jayev va Azimjon Asqarov ustidan qo’zg’algan jinoiy ishlar, ularga qo’yilgan ayblovlar matbuot erkinligi va qonun ustuvorligini ta’minlash haqidagi va’dalaringizga mutlaqo zid”, - deyiladi maktubda.

O'zbek tilida dasturlar uzatuvchi Osh TV asoschisi Xudoyberdiyev, Mezon TV sohibi Mirzaxo’jayev o’tgan yilning mayida Jalol-Obodda ro’y bergan namoyishlarni yoritgani, prokuratura izohicha, jamoat tartibini buzib, separatizmga da’vatlar bilan chiqqani uchun tazyiq va tergov ostida.

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo'mitasi

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo'mitasi

Azimjon Asqarov esa elatlarato zo’ravonlikni targ’ib qilib, zulmga qo’l urganlikda ayblanib, qamoqqa tashlangan, shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan.

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo’mitasi izchil tekshiruv o’tkazib, bariga qo’yilgan ayblovlar soxta ekani aniqlangan.

“Prezident xonim”, - deyiladi qo’mita maktubida, “siz ommaviy axborot vositalari erki va qonun ustuvorligini ta’minlayman deb va’da qilgan edingiz. Bu va’daga sodiq qoling. O’zbek matbuoti vakillariga qarshi bosim va quvg’in zudlik bilan tugatilishi kerak”, - deydiladi bu xatda.

Jurnalistlarni himoya qilishga bel bog’lagan "Chegara Bilmas Muxbirlar" esa Qirg’iziston parlamenti payshanba kuni ma’qullagan qonundan dahshatda.

Bu hujjatga ko’ra, prokuratura, Madaniyat va Adliya vazirliklari ferghana.ru axborot agenligining internetdagi sahifasini to’sishga haqli.

O’tgan yilning yozida ro’y bergan xunrezlikni yoritgani uchun sayt shunday choraga loyiq ko’rilmoqda.

Chegara Bilmas Muxbirlar

Chegara Bilmas Muxbirlar

"Chegara Bilmas Muxbirlar" nazarida ferghana.ru professional ravishda, kasb qoidalariga amal qilgan holda ishlagan va hamon Markaziy Osiyodagi yetakchi axborot manbalaridan biri bo’lib qolmoqda.

Bu qaror Qirg’izistonda avtoritarizm va senzura hukmron davrlarni eslatadi.

Bu davlat parlamentar demokratiya namunasi bo’lish umidida ekan, matbuotni cheklashi qo’rqinchli hol.

Mamlakat parlamenti 2010 yilning yozidagi voqealarni tergov qilib, taqdim etgan tavsiyalar ro’yxatida mazkur sayt alohida tilga olingan.

Chunki, deydi parlament a’zolari, ferghana.ru fojea haqida noxolis xabarlar tarqatgan.

"Chegara Bilmas Muxbirlar" tergov komissiyasi prezidenti Tokon Mamutovga xat yo’llab, bu qonunni bekor qilishga chaqirmoqda.

“Bu sayt salbiy xabarlar uchun javobgar emas, aksincha, voqealarni tahlil qilib, ommaga havola etgan. Agentlik tinchlanishga chaqirib, qirg’in provokatorlar ishi ekanini bot-bot takrorlagan”, - deyiladi xatda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG