Qirg’iziston janubida hukumatga qarshi namoyish


G'arb matbuoti talqinicha, Almaz Atambayev ma'muriyati janub ustidan nazoratni qo'lga olishga urinar ekan, O'shdagi oppozitsiya kuchli, mustaqil ekanini namoyish qilmoqchi

G'arb matbuoti talqinicha, Almaz Atambayev ma'muriyati janub ustidan nazoratni qo'lga olishga urinar ekan, O'shdagi oppozitsiya kuchli, mustaqil ekanini namoyish qilmoqchi

Qirg’izistonda hafta oxiri, 4-martga rejalangan mahalliy kengashlarga saylovlar oldidan bugun O’sh viloyati markaziy maydonida minglar tinch namoyish qilgan.

Kunduz taxminan soat 11:00 da boshlanib, ikki soat davom etgan yig'inda muxolif partiyalar vakillari qatnashgani ma’lum. Xususan, “Ota Yurt” va "Butun Qirg'iziston" partiyalari amaldagi hukumatga qarshi aksiyalar boshlaganini bildirmoqda.

Odamlarning qo'llarida "Tinchlik va ahillik", "Adolatli saylovlar", "O'sh merini qo'llaymiz" kabi shiorlar ko'ringan.

Mahalliy saylovlarda g'olib chiqqan arboblar hokimlarni tanlaydi. Hozirda O'shni mer Melis Mirzakmatov boshqarmoqda.

Prezident Almaz Atambayev ma'muriyati janub ustidan nazoratni qo'lga olishga urinar ekan, O'shdagi siyosiy kuchlar mustaqil, mustahkam ekanini ko'rsatib qo'ymoqchi, deydi tahlilchilar.

Mitingda so'zga chiqqan, "Butun Qirg'iziston" yetakchisi Adaxan Madumarov hukumatni iste'foga chaqirib, yangi, professional hukumat tuzishga undadi.

XS
SM
MD
LG