Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan


Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Rasmiy ma’lumotga ko’ra, joriy yil Qirg’izistonda ikki yarim mingdan ziyod norozilik chiqishlari qayd etilgan.

Kimdir buni demokratiya, taraqqiyot nishonasi deb biladi. Boshqalar nazarida namoyishlar xalq manfaati emas, muayyan guruhlar foydasiga xizmat qiladi.

Yaqinda O’sh viloyatida parlamenti sobiq spikeri Ahmatbek Keldibekov hamyurtlarining chiqishlari bo’lib o’tdi. Odamlar avtomobil yo’lini yopib, bir guruh otliqlar shaharga kirgan.

Kuzatuvchilar bunaqangi mitingbozlik o’lkada odat tusiga kirganini aytadi.

O’sh Davlat universiteti professori, siyosatshunos Arap Anarbayev fikricha, demokratiya belgisi bu.

“Demokratik jamiyatda har kim o’z fikrini ochiq-oydin bayon qilishga haqli. Turli fikrlarni bildirmoqchi bo’lgan odamlarni ko’rayapmiz”, - deydi u.

Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Nodavlat tashkilotlar deydiki, Qirg'izistonda namoyishlar doim ham ijobiy natija bermaydi va tarafkashlik, qabilachilik kabi kayfiyatlar ustunlik qiladi.

Ko’pincha, deya bildiradi kuzatuvchilar, mitinglar turli guruhlar savdosi, bosim vositasiga aylangan.

Nodavlat tashkilotlar olib borgan tadqiqotga ko’ra, odamlar pul, tekin spitli ichimlikka ergashib, isyonga qo’shiladi. Pul evaziga baqirib-chaqirib beradigan xotin-qizlar guruhlari mavjud.

Bishkeklik tahlilchi, taniqli diplomat Orozbek Moldaliyev Qirg’izistonda mitinglar o’tkazish madaniyati taraqqiy etmagan, deb hisoblaydi.

“Siyosiy saviya, madaniyati past siyosatchilar ko’p. Ular lavozimlaridan ayrilgan holda hamyurtlariga yo’llarni to’sdiradi. Qonuniy yo’llar bilan norozilik bildirishga huquqlari bor. Ammo bir mulozim qonunni buzsa, uning tarafdorlari maydonga chiqib “bizning yigitga tegmanglar, tegsanglar biz yo’lni to’samiz” desa, to’g’rimi?” - deydi Moldaliyev.

Hozirgi ko’rinishda namoyishlar yurt hayotiga qanday ta’sir qilmoqda?

Professor Anarbayev fikricha, qonun ustivorligi amalga oshmayotir.

“Qarindoshlar chiqish qilib, jinoyatchilarni qamoqdan chiqarib olsa, bu davlatchilikni mustahkamlamaydi. Qolaversa, trassalar to’silib, iqtisodiyot jiddiy zarar ko’rmoqda. Aytaylik, O’sh-Bishkek yoki O’sh-Xitoy yo’llari davlat xo’jaligida muhim rol o’ynaydi”, - deydi u.

Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Qirg’izistonda namoyishlar odat, aholi charchagan

Aholi ham norozilik chiqishlaridan charchagan:

“Bunga chek qo’yish kerak, chunki mitinglar bilan ish bitmaydi. Masalani hal qilish uchun tomonlar stol atrofida to’planib, maslahat solishi lozim. El qo’zg’olondan nihoyatda chachadi”.

“Mamlakatda tartib-intizom tezroq o’rnatilishi kerak”.

“Aholi o’ta siyosatlashib ketgan. Bekor yurgandan ko’ra, har bir inson o’z ishi bilan shug’ullanishi kerak. Turli guruhlar o’z talablarini olg’a suraverishi to’g’ri emas”, - deydi ular.

“Demokratiya va fuqaro jamiyati uchun” nomli nodavlat tashkilot rahbari Dinara Oshuroxunova deydiki, o’tgan mitinglardan xulosa – fuqarolarga ko’p hollarda huquqiy bilim yetishmaydi.

XS
SM
MD
LG