Radioaktiv chiqindilar yotgan Qirg'izistonda ulardan xavotir kuchaygan


Sovet davri tog’-kon sanoatidan qolgan o’ziga xos meros - atrof-muhit va aholi uchun xavf manbai

Sovet davri tog’-kon sanoatidan qolgan o’ziga xos meros - atrof-muhit va aholi uchun xavf manbai

Qirg’izistonning O’sh viloyat Novqat tumanida tegishli darajada xavfsizlantirilmagan eski kon qayd etildi. O’tgan asrning birinchi yarmida bu joylarda uran va mis rudalari qazilgan. Kirish yo’llari ochilib qolgan shaxtada soatiga 180-200 rentgen nurlanish mavjud va bu tirik mavjudot uchun xatarli.

Davlat ekologik- texnikaviy nazorat xizmati mahalliy davlat tizimlariga ko’rsatma yo’llab, zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni talab qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga binoan, Qirg’izistonda zaharli hamda radioaktiv chiqindililar mavjud yuzga yaqin inshoot bor. Ular qay ahvolda?

Mahalliy aholi vakillariga ko’ra, ekologiya xizmati nazarda tutgan Novqat tumanidagi eski kon aslida ko’p yillardan buyon tashlandiq holatda. Qishloqliklar shu atrofda mol-qo’y boqishadi. Avvallari qo’shni shaharlik yoshlar qimmatbaho mineral toshlar izlab er ostida soatlab qolib ketishar ekan.

Novqat tumani sobiq rahbarlaridan biri, xo’jalik arbobi Alisher Sotiboldiyev bir paytlar shu joylik dehqonlar eski kondan temir-tersak olib chiqib, bog’-rog’larini o’rab olishga ishlatishgani, ko’prik solishganini eslaydi.

Rasmiy manbalarga ko'ra, Qirg’izistonda yuzga yaqin zaharli hamda radioaktiv chiqindilarga ega bo’lgan inshoot mavjud. Sovet davri tog’-kon sanoatidan qolgan o’ziga xos bu meros atrof-muhit va aholi uchun xavf tug’diradi.

“Bizni, masalan, Moylisuv, Shokaftar, Sumsar, Haydarkon, Tamg’a, Minqush, Kemin eski konlari hamda chiqindihonalariningahvoli xavotirga solib keladi. Hajmi va ko’lami jihatidan bu ob’ektlar alohida e’tiborga loyiq”, - deydi Qirg’iziston Fanlar akademiyasining Janubiy bo’limi rahbari, biologiya fanlari doktori Biymirza Toktoraliyev.

Olim mamlakatda mavjud barcha konlar hamda kon sanoati chiqindihonalarining holatini qayta tekshirish va tegishli tavsiyalar, chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur, deb hisoblaydi. Uning fikricha, aytilgan inshootlarda doimiy kuzatuv ishlarini yo’lga qo’ymoq kerak.

Aytish joizki, mustaqillik yillarida Qirg’iziston dunyo hamjamiyati diqqat-e’tiborini tog’-kon sanoati chiqindihonalari, birinchi navbatda uran qoldiqlari saqlanayotgan omborlarining xavfsizligini oshirish masalasiga jalb qilib kelmoqda.

O’z paytida Jahon banki Moylisuvdagi inshootlarni muhofaza qilish hamda mahalliy aholini sog’lomlashtirish ishlari uchun yirik mablag’ ajratgan edi.

Yaqinda Rossiya ko’magida Minqush va Kadjisoy chiqindixonalarida rekultivatsiya amaliyoti boshlanayotgani haqida xabar bo’ldi.

O'sh rayhonlari

O'sh rayhonlari

Ayni paytda biolog-olim Toktoraliyev xorij hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik samarasidan qoniqmaydi.

“Bu masalada davlat tomonidan jiddiy nazorat darkor. Chetdan jalb qilingan mablag’larning o’zo’rnida ishlatilmay, qayga ketgani noma’lum qolgan hollarni bilaman. Xorij bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar shaffof bo’lishi kerak - qanday ishlar qilindi, natija qanday, jamoatchilik voqif bo’lsin. Sarmoya ajratgan xalqaro tashkilot ham nazorat olib borishi joiz”, - deydi suhbatdosh.

Biymirza Toktoraliyev fikricha, horij sarmoyasi jalb qilishni ko’zda tutgan har-bir loyiha jiddiy ilmiy ekspertizadan o’tgani ma’qul. Suhbatdosh buning uchun hukumat qoshida mutahassislardan iborat maxsus komissiya tuzishni taklif qiladi.

Novqat tumanidagi eski konni xavfsizlantirish borasida Davlat ekotexinspektsiyasi mahalliy idoralarga yuborgan ko’rsatmani esa Toktoraliyev“savodsizlik, qog’ozbozlik”, deb atadi. Unincha bunday inshootlarni zararsizlantirish qishloq yoki tuman ma’muriyatining emas, balki tegishli mutaxassislarga ega maxsus tashkilotning vazifasidir.

“Bu davlat ahamiyatiga molik vazifa”, - deydi olim.

O'sh

O'sh

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG