AQSh va Rossiya Qirg’iziston janubida harbiy markaz qurishi mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh va Rossiya Qirg’iziston janubida harbiy markaz qurishi mumkin

AQSh va Rossiya Qirg’iziston janubida harbiy markaz qurishi mumkin

Qo’shma Shtatlar va Rossira Qirg’iziston janubida, notinch hududda terrozimga qarshi ikki alohida mashg’ulot markazi ochishi kutilmoqda.

Bu haqda Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayeva aytgan.

“Bu taklifni ma’qulladim. Terrorizm masalasida pragmatic bo’lishimiz kerak”, - deydi u.

"Terrorizmga qarshi kurashda hech qanday tajribamiz yo'q, o'rganishimiz lozim".

Markazlar O'sh va Botkenda qad ko'tarishi mumkin.

"Har ikki davlat bilan kelishib ishlay olamiz, ishonchli hamkormiz", - deydi Qirg'iziston rahbari.

Otunbayeva shu oy Vashingtonga qilgan safari chog’ida ham aksil-terror yo’nalishda sa’y-harakatlarni muhokama qilganini aytadi.

Qirg’izistonda hozirda AQSh harbiy bazasi bor.

Manas transit markazi Afg’onistonda harbiylarga transport va yonil’gi ta’minoti bobida muhim.

Tahlilchilar nazarida Qirg'izistonda terrorizm xavfi yo'q hisob, aksil-terror markazlariga ham ehtiyoj yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG