Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?


Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirgan Qirg’iziston va Tojikiston o’zaro aloqani mustahkamlash harakatida.

Mutaxassislar nazarida Sovetlardan qolgan chegaralar bu yo'lda to’siq bo’lib turgan eng yirik muammolardan

Qirg’izistonning Botken viloyatida qirg’iz-tojik do’stlik festivali boshlangan. “Oygul” va “Lola” deb nomlangan tantanalar Tojikistonning Xo’jand shahrida yakunlanadi. Kuzatuvchilar bu yig’inlar an’anaga aylanganini aytishadi.

Botken viloyat ma’muriyati bo’lim boshlig’i Toshtemir Eshaliyevning aytishicha, do’stlik festivalida madaniyat arboblari, turli soha mutaxassislari qatnashayotir.

“O’tgan yili Qirg’iziston vakillari Tojikistonning So’g’d viloyatiga borgandi. Bu yil esa tojiklar bizga tashrif buyurdi. Turli masalalar bo’yicha muzokaralar olib borildi. Viloyat rahbarlari ham o’zaro uchrashuv o’tkazishdi”, - deydi u.

Ayrim qo’shnilardan farqli o’laroq, Qirg’iziston-Tojikiston chegaralari ochiq bo’lib, savdo va xo’jalik bobida munosabatlar avj olmoqda. O’rtada yuk va yo’lovchi tashish yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

“Oxirgi yillarda Tojikistonning Chorqu, Surh qishloqlarida, Qirg’izistonning Samarqanddek, Botken shahar va tumanlarida bozorlar ochilgan. Ularda ham qirg’iz, ham tojik savdogarlari ish olib boradi. Bemalol kelib-ketib turishadi. Orada avtobuslar ham qatnab turadi”, - deydi Robert Abazbekov, “Xalqaro tolerantlik uchun” deb nomlangan nodavlat tashkilot xodimi.

Geosiyosiy, geografik va iqtisodiy jihatdan o’xshash Qirg’iziston va Tojikiston iqtisodiy, siyosiy masalalarda mushtarak fikrga ega. Misol, har ikkisi yirik suv-energetika inshootlari qurish va elektr quvvatini eksport qilishga intiladi. Xavfsizlik choralarida ham shu.

“Ko’p masalalarda qarashimiz ancha yaqin. Masalan, giyohvand moddalarga qarshi kurash, energetika sohasida ham hamfikrmiz. Muammolarni yechish yo’lida harakatlarimiz o’xshaydi”, - deydi Abazbekov.

Rasmiy Bishkek va Dushanbe o’rtasida jiddiy muammolar ko’zga tashlanmaganday tuyuladi. Lekin ayni paytda orada yer-suv masalasi, yaylovlardan foydalanish borasida tortishuvlar bo’lib turishi sir emas. Kuzatuvchilar bunday bahslar aksar chegara chizig’ining aniq xatlanmaganidan, deyishadi.

Ular chegarani demarkatsiya, delimitatsiya qilish jarayonini tezlatishni tavsiya qiladi.

Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

Qirg’iziston,Tojikiston suv va yer talashmasligi uchun nima qilmoq kerak?

“Bahor boshlanishi bilan eski muammolar yana yuzaga chiqa boshladi. Aytaylik, qonunsiz yer egallash hollari yoki suv masalalari, o’tloqlar problemalari kabi. Oxirgi kunlarda bir necha kelishmovchilik, tortishuvlar bo’lib o’tdi. Masalan, Qorabog’, Aksayda intsidentlar sodir bo’lgan. Ammo davlat idoralari tushuntirish ishlarini olib bormoqda”, - deydi nodavlat tashkilot xodimi Abazbekov.

Tahlilchilar giyohvand moddalar olib o’tish, ekstremist va terrorchi guruhlar tahdidi masalasi qiyin masala bo’lib qolayotganini urg’ulaydi. Tomonlar ushbu tahdidga qarshi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti doirasida qator tadbirlar amalga oshirayotir.

Suhbatdoshlar qirg’iz-tojik munosabatlarini yanada rivojlantirish mumkin, deydi. Ularning aytishicha, ayniqsa, mahalliy hamjamiyatlar hamkorligini rivojlantirish darkor.

XS
SM
MD
LG