Qirg'iziston jamoatchiligi Rossiyadagi xuruj haqida nima deydi?

  • Amerika Ovozi

Qirg'izistonliklar O'sh shahridagi masjidda ibodat qilmoqda, 16-aprel, 2010-yil.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 14 odamning umriga zomin bo'lgan portlash yuz berishidan ikki kun o'tib, markaziy osiyolik bir necha kishi hibsga olingan. Ularning xurujni amalga oshirganlikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi, asli kelib chiqishi Qirg'izistondan bo'lgan Akbarjon Jalilovga aloqasi bor-yo'qligi tekshirilmoqda.

Rossiya matbuotining yozishicha, Sankt-Peterburgdagi kvartirada yashagan markaziy osiyoliklar kvartirasidan portlovchi moddalar topilgan.

Ayni paytda Akbarjon Jalilovning ota-onasi tergov bo'yicha savol-javoblarda qatnashish uchun O'shdan Rossiyaga olib ketilgan.

O'shdagi jamoatchi hamkorimiz Muhiddin Zarif bilan bog'lanib, so'nggi yangiliklar haqida Qirg'iziston jamoatchiligi fikrini o'rgandik.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG