Amerika, Rossiya diplomatlari bahsini Qirg’iziston pisand qilmadi


Amerika Qirg’iziston poytaxti yaqinidagi aeroportdan 10 yildirki foydalanib keladi va yiliga 60 million dollat ijara haqi to’laydi. Bu punkt Afg’onistonda xalqaro koalitsiya uchun strategik manzildir; yuklar, askarlar va yonilg’I qatnovi shu yerdan amalga

Amerika Qirg’iziston poytaxti yaqinidagi aeroportdan 10 yildirki foydalanib keladi va yiliga 60 million dollat ijara haqi to’laydi. Bu punkt Afg’onistonda xalqaro koalitsiya uchun strategik manzildir; yuklar, askarlar va yonilg’I qatnovi shu yerdan amalga

AQShning Rossiyadagi elchisi Maykl Makfolning yaqinda Moskvadagi oliy iqtisod maktabida bergan ma’ruzasi Kreml noroziligiga sabab bo’lgan.

Elchining da’vo qilishicha, “Manas” tranzit markazidan xorijliklarni chiqarib yuborish uchun Rossiya Qirg’izistonga pora bergan. Makfol keyinroq bayonot tarqatib, gaplari yanglish tushunilganini ta’kidlagan. Qirg’izistonning o’zida bunga munosabat qanday?

Rossiya va Amerika diplomatiyasi o’rtasidagi bahslar Qirg’izistonda u qadar e’tibor uyg’otmadi. Ayni paytda aksar mahalliy tahlilchilar elchining so’zlarini diplomatiya tamoyillaridan uzoq, deb hisoblaydi.

Bishkeklik harbiy tahlilchi, polkovnik Leonid Bondarets so’zlariga ko’ra, Moskvaning keskin norozilik bildirishiga asos bor va Bishkekning sukut saqlashi e’tiborga molik.

“Amerikaning Rossiyadagi elchisining chiqishi diplomatiya qonun-qoidalariga sig’maydi. Rossiya shu zahoti norozilik bildirdi. Qirg’iziston negadir sukut saqlab turibdi”, - deydi Bondarets.

Bishkeklik siyosatshunos, sobiq diplomat Orozbek Moldaliyev so’zlariga ko’ra, diplomatiyaning o’z tili va usuli bor va rasmiy Moskvaning noroziligini ham mutaxassislar tushunadi. Suhbatdosh deydiki, ayni paytda Kremlning “Manas” borasida Bishkekka o’tkazgan bosimi sir emas.

“Sobiq prezident Bakiyev 2005-yilda amalga kelganda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida prezidentlar qachon AQSh bazasi yopiladi, deb so’ragan. Keyinchalik Rossiya aynan bazani chiqarib yuborish sharti bilan yirik sarmoyalar va’da qilgan va bir qismini bergan. Baza yopilmagach, munosabatlar ma’lum darajada chigallashgan”, - deydi u.

Amerika Qirg’iziston poytaxti yaqinidagi aeroportdan 10 yildirki foydalanib keladi va yiliga 60 million dollat ijara haqi to’laydi. Bu punkt Afg’onistonda xalqaro koalitsiya uchun strategik manzildir; yuklar, askarlar va yonilg’I qatnovi shu yerdan amalga oshiriladi.

Mamlakatning yangi prezidenti Almazbek Atambayev saylov arafasida va undan keyin bazaga doir kelishuv muddati yakunlangach, ya’ni 2014-yildan keyin yopiladi, degan. Rasmiy Bishkek uning o’rnida fuqaro yuklarini tashish markazi bo’lishini taklif qilayapti.

AQSh tomoni bu borada muzokaralar davom etayotganini aytib keladi. Bondarets fikricha, Vashington Bishkek yaqinidagi transit markazini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

“Hozir Qirg’izistonga bosim o’tkazishga harakat qilishayotir, 2014-yildan keyin ham qolish uchun. Ehtimol, ijara haqini ko’paytirsa kerak. Gap shundaki, hozir Qirg’iziston g’aznasida mablag’ yetishmayapti”, - deydi u.

Shu bilan birga:

“Qirg’iziston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zosi bo’lar ekan, bu mamlakat manfaatlari aviabazadan qutulishni taqozo etadi. Qolaversa, Xitoy zikr qilingan baza o’z xavfsizligiga xatar tug’dirayotganini ochiqdan-ochiq aytmoqda”, - deydi Bondarets.

Boshqa mahalliy tahlilchilar ham rasmiy Bishkek ushbu masalada faqat milliy manfaatlarni ko’zlab ish ko’rishini urg’ulaydi. Moldaliyev milliy manfaatlar tushunchasini kengroq talqin qiladi.

“Baza 2014-yildan keyin yopilsin, amerikaliklar ketsin, degan so’zning o’zi yo’q bo’ldi keyingi paytlarda. Albatta, amerikaliklarni chiqarib yuborish oson narsa emas. AQShning ta’sir vositalari juda katta. Amerika ketsa, nima bo’ladi, degan masalani bizning rahbarlar tushunib qoldi. Hozir Qo’shma Shtatlarga yetadigan davlat yo’q. Harbiy, zamonaviy texnologiya va boshqa jihatlardan. AQSh bilan munosabarlarimizni buzmagan holda, Rossiya bilan ham azaliy aloqalarni rivojlantirishimiz maqsadga muvofiq”, - deydi tahlilchi.

Aksar tahlilchilar Qirg’izistondagi tranzit markazi masalasi vaqti kelib tomonlar manfaatlarini inobatga olgan bir kelishim bilan yechilishini bashorat qiladi.

XS
SM
MD
LG