Diplomatik korpus vakillari O’zbekistondagi qochqinlar lagerlarini ko’zdan kechirmoqda


O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorij axborot vositalari va diplomatik korpus vakillarini Andijonga olib borgan. Ayni paytda ular Xo’jaobod tumani, Yorqishloq tomonda, qochqinlar uchun yaratilgan sharoitni kuzatmoqda.

Qochqinlar 11 iyundan kela boshlagani aytilmoqda. Ularning soni haqida turli ma’lumotlar bor. Ba’zilar 3 ming, kimlardir 6-7 ming haqida gapirmoqda. Associated Press axborot agentligi hisobicha, bu raqam 100 mingdan oshgan.

12-13 iyundan boshlab O’zbekistonda qarindoshlari bor odamlarga chegaradan o’tishga ruxsat berilgan. O’zbekiston hukumati nomiga kafolat xati yozdirib olinmoqda. Ya’ni O’zbekiston fuqarolari O’shdagi tartibsizliklar tufayli falon-falon qarindoshimni o’z kafilligimga olaman va O’zbekistonga olib o’taman, xavfsizligini ta’minlayman degan ma’noda.

Biroq bugun, 14 iyundan e’tiboran bu ham to’xtatilgan. Chegara oldida odam ko’p – Namangan, Andijon, Farg’onadan kelgan fuqarolar.

Qochqinlar Marhamat, Jalaquduq va Xo’jaobod tumanlarida kollej va shifoxonalarga joylashmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG