O’zbekiston-Qirg’iziston chegarachilari o’q almashgan

  • Amerika Ovozi

Ikki davlat rasmiylari vaziyatni telefonda muhokama qilib, mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish, hukumatlararo uchrashuv o’tkazishga kelishib olgan.

Ikki davlat rasmiylari vaziyatni telefonda muhokama qilib, mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish, hukumatlararo uchrashuv o’tkazishga kelishib olgan.

Qirg’iziston matbuotining bildirishicha, seshanba kuni Jalol-Obod viloyatida O’zbekiston va Qirg’iziston chegarachilari o’rtasida otishma ro’y bergan.

Voqea Ko’ktosh-Buloqboshi yo’lida, demarkatsiya qilinmagan hududda ro’y bergan.

Har ikki tomon talofat ko’rgani ma’lum, deya xabar beradi Qirg'izistonning "Akipress" axborot agentligi.

Dastlabki ma’lumotga ko’ra, Buloqboshi qishlog’i ahli aniq belgilanmagan bu yo’lda remont ishlari olib borayotgan bo’lgan.

“Qirg’iziston chegarachilari odamlarni ta’mirlash ishlarini to’xtatishga ko’ndirishga urinib, hududda chegara aniq tortilmaganini eslatgan. Shunga qaramasdan qishloq ahli remontni davom ettirgan”, - deyiladi Qirg’iziston Chegara xizmati tarqatgan bayonotda.

"RIA Novosti"ning bildirishicha, u yerga yetib borgan O’zbekiston chegarachilari ham ishni bas qilishni talab etib, tortishuv natijasida har ikki davlat chegara xizmatchilari qurolni ishga solgan.

O’lganlar, jarohat olganlar bor.

Ikki davlat rasmiylari vaziyatni telefonda muhokama qilib, mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish, hukumatlararo uchrashuv o’tkazishga kelishib olgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG