Jahon Banki Qirg'izistonga yordamni oshirmoqda

  • Amerika Ovozi

Jahon Banki Qirg'izistonga yordamni oshirmoqda

Jahon Banki Qirg'izistonga yordamni oshirmoqda

Jahon Banki Qirg'izistonga yordamni oshirmoqda

Jahon Banki Qirg'izistonga yordamni oshirmoqda

Jahon Banki (World Bank) Qirg'iziston janubida O'sh-Botken-Isfana yo'nalishidagi magistral loyihasi uchun 8,8 million dollar miqdorida kredit va 7,2 million dollar grant ajratgan.

16 million dollarlik yordam, deya bildiradi tashkilot, yo'llarni ta'mirlash, yangi ish o'rinlari yaratish va hudud aholisi uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishni ko'zlaydi.

Qirg'iziston Transport va aloqa vaziri Erkin Isakovning aytishicha, bu magistralni bitirish mamlakat hayoti uchun katta ahamiyatga ega. "U janubni respublikaning qolgan qismlari bilan bog'laydi",- deydi u.

Jahon Banki, shuningdek, Qirg'izistonda suv xo'jaligini yaxshilash, irrigatsiya tizimini yangilash maqsadida 15 million dollarlik yordam ko'rsatishini ma'lum qildi. 8,3 millioni quyi foizli kredit, 6,7 millioni esa grant.

O'sh dalalarida

O'sh dalalarida

Tashkilot Qirg'izistonga bu sohaga avval ham katta mablag' ajratgan.

Bunisi 34 ming fermerga bevosita madad, deyiladi Jahon Banki bayonotida.

Qirg'iziston aholisining yarmidan ko'pi qishloq xo'jaligida tirikchilik qiladi va ko'plab jabhalar qatorida suv ta'minot tizimlari ham ta'mirga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG