Qirg’iziston ahli: Yangi yil tinchlik va farovonlik olib kelsin!

Joriy yil Qirg'iziston janubi-sharqidagi Qumtor oltin koni ustida tortishuvlar bilan ham esda qoldi. Mahalliy aholi konga ishlov berayotgan Kanada sarmoyadoriga qarshi isyon ko'tarishi oqibatida hukumat favqulodda holat e'lon qilgan.

Joriy yil Qirg’izistonda bot-bot mitinglar kuzatildi, oltin konlari ustida bahslar hamon tinmayapti.

Janubda ozchilik elatlar, masalan, o'zbeklarga nisbatan haqsiz muomala, zug'um hali ham dolzarb muammo bo'lib qolayapti.

Human Rights Watch xalqaro huquq tashkilotining yozishicha, yuzaki osoyishtalik tagida o'zbeklarni asossiz tutib qamashlar, jismonan azob berishlar davom etmoqda.

Tashqi siyosatda qudratli qo'shnilar Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashish ko'zga tashlandi.

Shu bilan birga, mamlakat nodavlat tashkilotlar soni va erki, fuqarolik jamiyatining salohiyati jihatidan mintaqada yetakchilardan.

Nodavlat tashkilotlar o'tayotgan yil haqiqatan unumli kechganini aytadi. Kelasi yildan umidlar katta.

Qo'shnilar bilan rishtalar borasida aholi nima deydi?

"Amerika Ovozi” O’shdagi nohukumat tashkilotlar va mahalliy ekspertlar fikrini so’radi. Marhamat, tinglang.

XS
SM
MD
LG