Breaking News

Qirg'iziston ahli tugayotgan yilning eng muhim voqealarini eslaydi


Tugayotgan 2015-yil Qirg’iziston ahli uchun sermazmun yillardan biri bo’lgan.

Qirg'iziston ahli tugayotgan yilning eng muhim voqealarini eslaydi-Muhiddin Zarif lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:12 0:00

Samara ismli qiz O’sh davlat universiteti talabasi. Uningcha, o’shliklar uchun yilning eng muhim voqeasi Oqbura daryosi uzra qurilgan katta ko’prikning nihoyat ishga tushganidir.

“Masofa qisqardi, ko’chlarda transport ziqligi kamaydi”, - deydi u.

Aksar suhbatdoshlar fikricha, 2015-yilda o’tkazilgan ikki yirik tadbir - parlament saylovlari hamda Qirg’izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishi - iqtisodiy-siyosiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Ovoz berish jarayoni biometrika ma’lumotlari asosida o’tgani birovlar uchun byulleten tashlash, qo’shib yozish, saylov natijalarini soxtalashtirish kabi qonunbuzarliklarga chek qo’ydi, saylov komissiyalariga ishonch oshdi”, - deydi O’zgen shahar maktablaridan birining direktori, shahar xotin-qizlar qo'mitasi raisasi Matlubaxon Musaboyeva.

Suhbatdosh so'zlariga ko’ra, 2015-yilda qirg’iz so’mining keskin qadrsizlanishi ko’zga tashlandi. Oqibatda kichik biznesning kasodga uchrash hollari ko’paydi.

“Hozircha qiyinchiliklar o’rin olayotgan bolsada, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining kelajagi porloq. Erkin savdo-sotiq, erkin bordi-keldi - bu juda muhim”, -deydi Qirg’iziston xalq assambleyasining O’sh viloyat bo’limi boshlig’i o’rinbosari Po’lat Sobirov.

“Rossiyada kamida bir million mehnat muhojirlarimiz faoliyat yuritadi. Ular endi emin-erkin ishlay oladi va bu juda ulug’ narsa. Buni men katta yutuq hisoblayman”, - deydi Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan sanoat xodimi, hozirda viloyat gubernatorining din ishlari bo’yicha maslahatchisi To’xtasin Japarov.

“Bu yil, nihoyat, muqaddas haj safarini uyushtirish va o’tkazish borasida ayrim nohush ko'rinishlar va gap-so’zlarga chek qo’yildi. Ko’rilgan chora-tadbirlar xolislik, shaffoflikni ta’minladi. Yana bir muhim yangilik - din xizmatchilarini konkurs asosida ishga olish tartibi tatbiq etildi”, - deydi Japarov.

Oynura ismli qiz deydi-ki, yilning yana bir muhim ko’rinishi - Qirg’iziston arab dunyosi tomon shahdam qadam tashladi. Bu esa yirik sarmoyalar oqimiga yo’l ochishi kutilmoqda.

Arslonboblik Hayot Tariqov fikricha, 2015-yil o’tkazilgan va turizm sohasining barcha xizmatlari hamda tegishli davlat idoralari vakillari qatnashgan katta davra suhbati ushbu soha taraqqiyoti yo’lida muhim “nuqta” bo’ldi.

“Biz mashg’ul bo’lgan jamoatchilikka asoslangan turizm Qirg’izistonda nihoyat davlat miqyosiga ko’tarildi, ekosayohatlar tobora keng tarqalib bormoqda”, - deydi Hayot.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG