Kristin Lagard - Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari

  • Amerika Ovozi

Kristin Lagard - Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari

Kristin Lagard - Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari

Fransiya Moliya vazirasi Kristin Lagard (Christine Lagarde) Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari etib tayinlandi. Tashkilot boshqaruv kengashi bugun Vashingtonda shunday qarorga kelgan.

Ma'lumki, jamg'armaga 2007 yildan beri direktorlik qilib kelgan yana bir fransuz, Dominik Stross-Kan o'tgan oy Nyu-York mehmonxonasida xizmatkor ayolga tajovuz qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingan edi. U hibsdalik paytida ishdan bo'shadi. Keyinchalik katta tovon to'lab ozodlikka chiqdi va hozirda sud ishini kutmoqda. Stross-Kan o'zini aybsiz deb biladi.

187 davlat a'zolidagi Xalqaro Valyuta Jamg'armasi rivojlanayotgan va moliyaviy jihatdan qiynalib qolgan mamlakatlarga past foizda qarz berib, taraqqiy etishda ko'maklashadi.

Uzoq yillik norasmiy kelishuv shuki, bu tashkilotga rahbar doimo Yevropadan, qashshoqlikka qarshi kurashda u bilan yonma-yon ishlaydigan Jahon Banki prezidenti esa Amerikadan tanlanadi.

Dominik Stross-Kan, Xalqaro Valyuta Jamg'armasining sobiq rahbari

Dominik Stross-Kan, Xalqaro Valyuta Jamg'armasining sobiq rahbari

Braziliya, Rossiya, Xitoy va Hindiston singari iqtisodi tezlikda kengayib borayotgan davlatlar yuqorida tilga olingan odatni qoralab, tashkilotdagi rolini oshirishga harakat qilmoqda.

Kristin Lagard Xalqaro Valyuta Jamg'armasining ilk ayol rahbari bo'ladi. Bugun Parijdan turib so'zlar ekan, Lagard xonim hozirgi asosiy vazifa Gretsiya va Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlarni inqirozdan olib chiqish, ularga favqulodda yordam berish dedi.

U ishni kelasi oy boshlaydi. Direktorlik muddati - besh yil.

Kristin Lagard - Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari

Kristin Lagard - Xalqaro Valyuta Jamg'armasining yangi rahbari

Bu kursi uchun Meksika Markaziy Banki raisi Agustin Karstens ham kurashdi. Vatani qatorida uning nomzodini Avstraliya va Kanada ham quvvatlab chiqdi.

Qo'shma Shtatlar nazarida Kristin Lagard global siyosat va iqtisodni puxta biladigan, tajribali mutaxassis va lavozimga eng munosib shaxs.

Britaniya, Germaniya, shuningdek Osiyo va Afrikadagi yirik davlatlar ham Lagard xonim uchun ovoz berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG