Breaking News

Rigadagi supermarket halokatida 50 dan oshiq odam o'lgan


Latviya motamda. Payshanbadan jumaga o’tar kechasi poytaxt Rigadagi katta do’konning tomi qulab, 50 dan oshiq inson halok bo’ldi.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 23-noyabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:40 0:00
Yuklab oling

“Maxima” supermarketi vayron bo’lganida u yerdan odamlarni qutqarishga borgan uch mutaxassis ham nobud bo’lgan.

Vayronalar ostidan jasadlar olib chiqilmoqda. Tozalash ishlari boshlangan.

Inshoot qarshisi xotira maydoniga aylangan. Shamlar yoqilgan, gullar qo’yilgan, ko’zida yosh bilan turgan fuqarolarni ko’rasiz.

Latviya bunday fojiaga yaqin o’tmishda guvoh bo’lmagan, deydi jamoatchilik vakillari, bu osuda va barqaror yurt.
Tergovchilar bu voqea jinoyatchilik yoki texnik muammolar mahsulimi degan savolga hozircha javob bera olmayapti.

“Tekshiruvni yakunlab keyin xulosa qilamiz”, - deydi rasmiylar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG