Kerri: BMT Ukrainadagi ahvolni izchil tergov qilsin

  • Amerika Ovozi

Jon Kerri, Amerika bosh diplomati

Jon Kerri, Amerika bosh diplomati

Amerika Davlat kotibi Jon kerri BMTni Ukraina sharqidagi huquqiy ahvolni tergov qilishga undayapti. Oxirgi bir yilda bu hududda minglab odamlar halok bo'lgan.

Qrimda va isyonchilar nazoratidagi sharqiy viloyatlarda ayollar, erkaklar va bolalar nobud bo'layapti, deydi AQSh rasmiysi. Ularni qiynashayapti, zo'rlashayapti. Ayblovsiz ushlab, qul qilib ishlatishayapti, uydirma ayblovlar asosida sudlashayapti, deydi u.

Jon Kerri Jenevadagi bu chiqishi oldidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham bir soatdan oshiq gaplashdi. Muloqot tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

Lavrovning BMT Inson huquqlari kengashida so'zlashicha, Ukrainada sulh natijasida salmoqli yutuqlarga erishildi.

Kerrining aytishicha esa Minskda erishilgan tinchlik kelishuviga amal qililmasa, Rossiya iqtisodiyotini shundoq ham kishanga solgan jazo choralari yanada oshiriladi.

Amerika va Yevropa davlatlari Moskvani Ukrainadagi xatti-harakatlari sababli qo'shimcha sanksiyalar bilan jazolash haqida o'ylayapti. Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko sharqda Rossiya quvvatlovini olgan separatistlar sulhni buzishda davom etayapti, deydi.

BMT Inson huquqlari organi hisobicha, o'tgan yilning aprelidan beri Ukrainada 6 mingdan ziyod odam o'lgan.

Jon Kerri va Sergey Lavrov Jenevadagi muloqot paytida. 2-mart, 2015-yil.

Jon Kerri va Sergey Lavrov Jenevadagi muloqot paytida. 2-mart, 2015-yil.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG