Livandagi portlashda sobiq vazir o'lgan

  • Amerika Ovozi

Bayrut, Livan

Bayrut, Livan

Livan rasmiylarining aytishicha, poytaxt Bayrutdagi portlashda sobiq moliya vaziri Muhammad Chatah va yana to’rt kishi o’lgan.

Chatah o’tmishda Livanning AQShdagi elchisi, sobiq bosh vazir Saad Haririyning bosh maslahatchisi bo’lib ishlagan.

Bugungi xurujda o’nlab fuqaro jarohat olgani ma’lum. Hukumat idoralari yonida sodir etilgan bu hujum kimning ishi ekani noma’lum.

Qo’shni Suriyadagi urush oxirgi paytlarda Livanda tez-tez aks-sado bermoqda. Muhammad Chatah Suriya prezidenti Bashar al-Assadning ashaddiy tanqidchilaridan biri edi.

O’limidan biroz oldin Twitter tarmog’ida qoldirgan yozuvida u Livandagi jangari guruh – Hizbullohni tanqid qilgan.

Hizbulloh Suriyadagi urushda Bashar al-Assadning tarafida jang qilib keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG