BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya masalasi qizg'in muhokamada

  • Amerika Ovozi

BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya masalasi qizg'in muhokamada

BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya masalasi qizg'in muhokamada

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton rezolyutsiya bugundan kechga qolmay qabul qilinadi degan umidda.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya bo'ylab parvozlarni taqiqlash xususida munozaralar davom etadi. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton rezolyutsiya bugundan kechga qolmay qabul qilinadi degan umidda. Loyiha mualliflari Britaniya, Fransiya va Livan. Arab Ligasi hujjat matnini tasdiqlagan.

Bu o'rtada esa Liviya armiyasi isyonchilar pozitsiyalariga zarba berishda to'xtamayapti. Isyonchilar yengil qurollangan bo'lib, uyushmagan, tartibsiz harakat qilmoqda. G'arbdagi ayrim davlatlar parvozlarni tezroq taqiqlab, isyonchilarga madad berishga chaqirmoqda. Biroq Xavfsizlik Kengashining Germaniya va Rossiya kabi a'zolari nazarida rezolyutsiya samara bermaydi.

Muammar Qaddafiy kuchlari yakshanba kuni harbiy operatsiyalarni vaqtincha to'xtatib, isyonchilarga taslim bo'lishga imkon berilishini aytmoqda. Ungacha esa havo hujumlari davom etadi.

Seshanbadan beri Ajdabiya shahrida 30 kishi o'lgan. G'arbdagi Misrata shahri hukumat kuchlari qo'liga o'tgan, ammo isyonchilar bu xabarni inkor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG