Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

  • Amerika Ovozi

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar neftga boy port shahar Ras Lanufni havodan nishonga olmoqda. Odamlar zich yashovchi hudud zarar ko’rgan.

Chet el muxbirlarining aytishicha, harbiy samolyotlar Ras Lanuf shahrida ikki qavatli binoni urgan. O’lganlar, yaradorlar haqida ma’lumot yo’q. Hudud kecha ham bombardimon qilingan edi.

Muxolifatning aytishicha, Qaddafiy ma’muriyati murosa yo’lini izlamoqda, muzokara qilmoqchi, biroq 42 yillik rahbardan to’ygan omma rozi emas.

Sobiq bosh vazir Jadalloh al-Talhiy kecha muxolifatga, Bing’ozi shahrida o’z hokimiyatini o’rnatgan xalqqa murojaat qilgan, dialog zaruratini eslatgan edi.

“Hozirdan chora ko’rmasak, bu adovat Liviya mustaqilligi, birligi, xavfsizlik va tinchini buzadi”, - deydi sobiq bosh vazir, 2008 yilda Liviyaning BMTdagi elchisi bo’lib ishlagan Jadalloh al-Talhiy.

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Uning nazarida mojaro nafaqat region, balki butun dunyoni domiga tortishi mumkin.

Talhiy kabi islohotga moyil arboblar rejasi shuki, Qaddafiy chetga o’tib, ishni safdoshlar qo’liga topshirishi kerak. Hukumatga kelgan bu kuchlar so’ng demokratik reformalarni amalga oshiradi.

Biroq Qaddafiyning o’g’li Sayf al-Islom “otam ketsa, yurt urushga cho’madi”,- deydi.

Liviya notinch ekan, xalqaro hamjamiyat AQShga ko’z tikkan. Prezident Barak Obama qator choralar muhokamada deydi. Harbiy javob ana shular jumlasidan.

“Liviya hukumati sodir etayotgan zo’ravonlik dahshatli”, - deydi Obama. “Hech kim bunga tek qarab turmaydi”.

“Qaddafiy va uning tarafdorlari qilmishi uchun javob berishi shart”, - deydi AQSh rahbari.

“NATO davlatlari ham Liviya borasida maslahatlashmoqda”, - deydi Obama.

Harbiy alyans Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen so’zlariga ko’ra, hech kim Liviyaga qo’shin tortmoqchi emas. “Vaziyatga qarab ish tutamiz”, - deydi u.

Liviya uzra parvozlar man qilinishi mumkin.

Bu orada Obama bu davlat bilan ishlayotgan gumanitar tashkilotlarga qo’shimcha 15 million dollar ajratishga ko’rsatma berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobiga ko’ra, Liviyada uy-joyini tashlab chiqqan, chetga qochgan fuqarolarga 160 million dollar yordam kerak.

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Qaddafiy armiyasi aholi yashovchi binolarni nishonga oldi

Liviyada shu paytgacha 2,5 million ishchi muhojir mehnat qilib ketgan.

Namoyishlar boshlangach, fevral oyi o’rtalaridan beri 200 ming odam mamlakatni tark etdi. Ko’pi Tunis, Misr va Nigerda.

Lekin yana minglab odam hamon xavfli hududda qolmoqda.

Migratsiya masalalari bo’yicha xalqaro tashkilot rahbari Vilyam Sving so’zlariga ko’ra, hozir kuniga 2 ming odam Liviyadan chiqib ketmoqda.

BMT Qochqinlar agentligi rahbari Antonio Guterres fikricha, ko’p odamlar pana joylarda yashiringan. Otishma, to’qnashuvlar kuchayar ekan, aholi qopqonga tushib qolganday.

Qaddafiy ma’muriyati BMT xodimlarini poytaxt Tripoliga kiritishga rozi bo’ldi. Missiya shahardagi ahvolni xatlab, kimga nima yordam kerakligini aniqlaydi.

Biroq tashkilot g’arbiy viloyatlarga ham kirish niyatida. Minglab insonlar kasal, yarador va och-nahor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG