Liviyada qo’zg’olondan bir yil o’tib shodiyona

  • Amerika Ovozi

Liviyada qo’zg’olondan bir yil o’tib shodiyona

Liviyada qo’zg’olondan bir yil o’tib shodiyona

Liviyada 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiyni taxtdan ag’dargan qo’zg’olonga bir yil to’ldi.

Namoyishlar beshigi sanalgan Bing’ozida, shuningdek, poytaxt Tripoli va boshqa shaharlarda shu munosabat bilan xalq kechadan beri bazm, shodiyonaga cho’mgan.

Liviyada qo’zg’olondan bir yil o’tib shodiyona

Liviyada qo’zg’olondan bir yil o’tib shodiyona

Oq uy bu tarixiy sana munosabati bilan Liviya xalqini tabrikladi. “Fuqarolar zolim hukumatdan qutulib, erkinlikka erishdi”, - deydi Amerika rasmiylari.

Liviya yangi rahbariyati urushda o’lgan minglab fuqaroni xotirlab, talofatdan hali o’zini o’nglab olmagan oilalarga hurmat tariqasida bu kunni rasman bayram deb e’lon qilmagan edi.

Hali ham beqaror mamlakat Qaddafiydan keyin birinchi, erkin o’tishi kutilayotgan saylovga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Aksariyat fuqarolar inqilobdan va erishilgan yutuqlardan mamnun, biroq sobiq vazur Ali al-Tarxoniy oldinda qilinadigan ishlar talay, deydi.

Sirtadagi olishuvlar ketidan Muammar Qaddafiy muxolifatchilar qo'lidan o'lgan edi

Sirtadagi olishuvlar ketidan Muammar Qaddafiy muxolifatchilar qo'lidan o'lgan edi

“Albatta, qo’zg’olon sharofati bilan Liviya endi erkin, avtokratik rahbariyat ag’darildi. Oldinda demokratik, islomiy mamlakat barpo etishdek murakkab vazifalar turibdi”, - deydi sobiq rasmiy.

Namoyishlar o’tgan yilning fevralida boshlanib, avgustda Qaddafiy Tripolidan qochishga majbur bo’lgan. U ona shahri Sirtada oktabr oyida muxolifatchilar qo’lidan o’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG