Arab Ligasi Liviya uzra parvozlarni man qilish taklifiga “xo’p” dedi


Arab Ligasi Liviya uzra parvozlarni man qilish taklifiga “xo’p” dedi

Arab Ligasi Liviya uzra parvozlarni man qilish taklifiga “xo’p” dedi

22 davlatni o’z ichiga olgan Arab Ligasi tashkiloti mazkur qarorni Qohirada o’tgan majlisida e’lon qildi. Liviya diplomatlari unda qatnashmagan.

“Liviya uzra harbiy parvozlarni taqiqlashdan asosiy maqsad tinch aholisini himoya qilish, qirg’inni to’xtatish”, - deydi liga rahbari Amir Musa.

Arab davlatlari nazarida Muammar Qaddafiy obro’sini yo’qotib bo’ldi va ketishi kerak. Cheklovni joriy etish uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat etiladi.

Mummar Qaddafiy qo’li ostidagi armiya havodan va dengizdan ayovsiz hujumlarga zo’r berib, muxolifatga o’tgan shaharlarni qaytarib olmoqda. Minglab odam o’lgani ma’lum.

Kecha Yevropa Ittifoqining Bryusselda o’tgan yig’ilishida Liviya muxolifati tuzgan muvaqqat kengash qonuniy asosga ega ekani ta’kidlandi, ammo uni hozircha faqatgina Fransiya tan olgan xolos.

XS
SM
MD
LG