Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda


Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Liviyada Muammar Qaddafiy hukumati poytaxtga yaqinlashayotgan muxolifatni havodan va og’ir artilleriya bilan urib, to’xtatishga harakat qilmoqda.

To’qnashuvlar mana uchinchi hafta davom etyayotgani Liviyada fuqaro urushidan darak.

So’nggi ikki hafta mobaynida poytaxt Tripoli atrofidagi hududlarni birma-bir ishg’ol etayotgan isyonchilar Bin Javad shahrida kuchli qarshilikka uchrab, chekinishga majbur bo’lgan.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Liviya havo kuchlari ularni Muammar Qaddafiy tug’ilib o’sgan joy va uning qarorgohi sanalgan Sirt shahriga yo’latmayapti. Har ikki tomon urushda qo’li baland kelayotganini da’vo qiladi.

Muxolifat so’zlovchisi Vanif Hanada so’zlariga ko’ra, harbiylar g’arb va sharqdagi sohilbo’yi hududlarni bosib olgani haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz.

“Mahalliy matbuot propagandaga zo’r bermoqda. Xorijiy jurnalistlar kelib, o’z ko’zi bilan ko’rsin”, - deydi u.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan guruhlar janglarni davom ettirish qarorida qat’iy. Mamlakat aholisining uchdan-biri yashovchi Tripolini harbiylar tish-tirnog’i bilan himoya qilayapti.

Neft obyektlari joylashgan Ras Lanuf shahri aholisi Qaddafiyning odamlari keladi deb, shaharni tark etmoqda. Xorijiy jurnalistlar ham mehmonxonadan evakuatsiya qilingan.

Xalqaro hamjamiyat Liviyada qon to’kilayotganini qoralab, mamlakat rahbariyatiga qarshi keng qamrovli sanksiyalar qo’ygan. Ammo bu yetarli emas, deydi tahlilchilar.

Davlatlar chetdan qarab turaversa, Liviyada fuqaro urushi bir necha oyga cho’zilishi mumkin.

AQSh Kongressi Liviya uzra harbiy parvozlarni taqiqlash masalasini muhokama qilyapti.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Qaddafiy kuchlari muxolifatni havodan urdi, mamlakat fuqaro urushiga tortilmoqda

Senatning Tashqi Aloqalar qo’mitasi raisi Jon Kerri fikricha, Qo’shma Shtatlar ittifoqchilari bilan maslahatlashib, xalqaro qonunlar doirasida buni amalga oshirsa bo’ladi.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts nazarida bu murakkab operatsiya. BMT ruxsat bersa, ishni Liviyaning mudofaa sistemalarini yo’q qilishdan boshlash kerak, deydi u.

Jon Kerrining ta’kidlashicha, Qaddafiy o’z xalqini qirish uchun havo kuchlaridan foydalanmoqda. “Liviya aeroportlari va uchish-qo’nish yo’laklarini bombardimon qilib, ishdan chiqarish kerak”, - deydi senator.

AQSh qonunchilari Liviya muxolifatiga, Bing’ozi shahrida ish boshlagan muvaqqat kengashga harbiy, gumanitar va boshqa turdagi yordam uzatish masalasini ham muhokama qilayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liviyadagi vaziyatni o’rganish uchun xalqaro tashkilot xodimlari va shifokorlarni kiritishga ruxsat so’ragan.

Liviyani tark etgan va chegara hududlarda jon saqlayotgan bir million odam yordamga muhtoj.

XS
SM
MD
LG