Breaking News

Liviyada koalitsiya yordamidan ruhlangan muxolifat hujumga o’tdi


Liviyada koalitsiya yordamidan ruhlangan muxolifat hujumga o’tdi
Liviyada koalitsiya yordamidan ruhlangan muxolifat hujumga o’tdi

Liviyada xalqaro koalitsiya madadidan ruhlangan muxolifat hujumga o’tgan.

Oppozitsion kuchlar Bing'ozi shahrida Muammar Qaddafiy armiyasiga zarba berib, qo’shni Ajdabiya tomon yurish qilgan.

Muxolifatning ma’lum qilishicha, hukumat qo'shinlari Misrata shahrini qurshab, aholidan qalqon sifatida foydalanmoqda.

Xalqaro koalitsiya kecha Qaddafiyning poytaxt Tripolidagi qarorgohi Bab al-Aziziya majmuini havodan nishonga olgan edi.

AQSh, Britaniya va Fransiya shanba kuni boshlagan havo hujumlarida aholi talofat ko’rganmi-yo’qmi, aniq aytish qiyin. Qaddafiy ma’muriyati o’nlab odam o’lgan, deydi.

Kecha hujumlarni qoralab chiqqan Arab Ligasi rahbari Amr Musa bugun so’zlaridan qaytdi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchashuv chog’ida koalitsiya amalga oshirayotgan operatsiyalarni qo’llab-quvvatlashini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG