Yevropa Ittifoqi Liviya hukumatini sanksiya bilan jazoladi

  • Amerika Ovozi

Ittifoq Liviya rasmiylariga Yevropaga kirishni, qurol savdosi bilan shug'ullanishni taqiqladi. Qaddafiy va uning tarafdorlariga qarashli hisob raqamlari to'siladi

Ittifoq Liviya rasmiylariga Yevropaga kirishni, qurol savdosi bilan shug'ullanishni taqiqladi. Qaddafiy va uning tarafdorlariga qarashli hisob raqamlari to'siladi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Jenevada Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashib, Liviya hukumatiga qarshi jazo choralarini muhokama qildi.

Yevropa davlatlari Qaddafiy ma’muriyatiga sanksiya qo’yishga rozi.

Rasmiylarga viza bermaslik, qurol-yarog’ savdosini taqiqlash, hisob raqablarimi muzlatish shular jumlasidan.

BMT Xavfsizlik Kengashi ham kuni-kecha shu kabi choralarni joriy etgan edi.

Bu chora AQSh joriy etgan sanksiyalardan kuchliroq. Chunki Liviya Yevropa bilan savdo bobida qalin hamkor. Liviya neftnining 85 foizi Yevropaga uzatiladi.

Qaddafiyning oilasi Yevropada mo'maygina pul g'amlab qo'ygani taxmin qilinadi.

Saknsiyadan maqsad - Liviyada avj olgan qatliomni to'xtatish.

Xillari Klinton bugun shuningdek BMT Inson Huquqlari Kengashida so’zladi.

Klinton bugun BMT Inson Huquqlari Kengashida so'zlar ekan, "Qaddafiy ketishi kerak" dedi

Klinton bugun BMT Inson Huquqlari Kengashida so'zlar ekan, "Qaddafiy ketishi kerak" dedi

Qo’shma Shtatlar Liviya sharqida hukmron muxolifat bilan bog’lanib, Qaddafiyga qarshi kurashda yordam taklif qilgan.

“Qaddafiy ketishi, uning hokimiyati barham topishib kerak”, - deydi Klinton. Vazira qo’shni davlatlarni Liviyani qo’llashga, bu davlatga qurol uzatmaslikka da’vat etdi.

“Liviya xalqi o’z taqdirini o’zi hal qilsin”, - deydi u.

Klinton bugun, xususan, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton bilan gaplashdi.

AQSh qonunchilari Liviya muxolifati tarafida

Senatorlar Jon Makkeyn va Jo Liberman Liviya uzra parvozlarni man qilishga undadi. Shunda Qaddafiy ma’muriyati o’z xalqini o’qqa tutishni bas qiladi.

Senator Jon Makkeyn Bing’ozi shahrida faoliyat ko’rsatayotgan muvaqqat hukumatni tan olishni taklif qildi. “Erkinlik, insoniylikni himoya qilaylik”, deydi u.

Ayrim xabarlarga ko’ra, Xitoyda ommaviy namoyishlarga da’vatlar yangragan, xususan internet orqali. Xitoy hukumati ehtiyot shart politsiyani oyoqqa turg’azgan.

Makkeyn fikricha, repressiv hukumatlar hukmron boshqa davlatlar navbatda. “Yaqin Sharq, arab dunyosidagi qo’zg’olonlar butun dunyoni qamrasa, ajabmas”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG