Xalqaro hamjamiyat Liviya muxolifatga katta pul va’da qildi, Qaddafiy g’azabda

  • Amerika Ovozi

Klinton fikricha, Muammar Qaddafiyga bosimni oshirish, uning shafqatsiz hujumlariga chek qo’yish kerak. “Muxolifatga eng ma’qul yordam shu bo’ladi” deydi u.

Klinton fikricha, Muammar Qaddafiyga bosimni oshirish, uning shafqatsiz hujumlariga chek qo’yish kerak. “Muxolifatga eng ma’qul yordam shu bo’ladi” deydi u.

Xalqaro hamjamiyat Liviyada hukumatga qarshi olishayotgan muxolifatga milliardlab dollar yordam va’da qildi. Kecha Italiya mezbon bo’lgan anjumanda 22 davlat shunga kelishib olgan.

NATO safida harbiy kampaniyaga bosh qo’shgan Quvayt alohida 180 million dollar, Qatar esa 400 million dollar va’da qildi. Qo’shma Shtatlar noharbiy yordam uchun shu paytgacha 26 million dollar ajratgan va qo’shimcha 55 million uzatishga tayyor. Moliya qanday sarflanishini Fransiya va Italiya sinchiklab kuzatadi.

Bundan tashqari, AQShda saqlanayotgan 30 milliard dollar bor. Pul Liviya hukumatiga qarashli va yil boshida avj olgan namoyishlar, qonli to’qnashuvlar ketidan muzlatilgan edi.

Misratada jasadlar yig'ib olinmoqda

Misratada jasadlar yig'ib olinmoqda

Pulning bir qismi yaqin bir nesha haftada muxolifat qo’liga o’tishi kerak, deydi AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton. Obama ma’muriyati masalani Kongress bilan muhokama qilmoqda. Lekin bu mablag’ga BMT sanksiya qo’ygan va uni bekor qilish uzoq vaqt olishi muqarrar.

Klinton fikricha, Muammar Qaddafiyga bosimni oshirish, uning shafqatsiz hujumlariga chek qo’yish kerak. “Muxolifatga eng ma’qul yordam shu bo’ladi” deydi u.

NATO, Arab Ligasi va Afrika Ittifoqi vakillari qatnashgan xalqaro anjumandan maqsad – Liviya ahlini, polkovnik Qaddafiy armiyasi bilan olishayotgan odamlarni yegulik, dori-darmon bilan, jangchilarni maosh bilan ta’minlash. Muxolifat tuzgan muvaqqat kengash “bir oylik pulimiz bor xolos, yana 3 milliard dollar zarur”, deydi.

Xalqaro hamjamiyat Liviya muxolifatga katta pul va’da qildi, Qaddafiy g’azabda

Xalqaro hamjamiyat Liviya muxolifatga katta pul va’da qildi, Qaddafiy g’azabda

Qaddafiy xalqaro hamjamiyat qarorini tanqid qilib, bu qaroqchilikning o’zi, deydi.

“Xalqaro qonunlarga muvofiq, Liviya hamon suveren davlat va uning moliga qo’l urish o’g’rilik bilan qarobar”, - deydi bu davlat Tashqi ishlar vaziri muovini Xolid Qaym.

Rossiya ham qarshi ekanini yashirmayapti. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “yagona yechim - faqat tinchlik, muloqot” deydi. “Xalqaro hamjamiyat o’zga davlat ichki ishlariga aralashmoqda”, - deydi Lavrov.

Qaddafiy tarafdorlari NATO hujumlarini bas qilishni talab qilmoqda

Qaddafiy tarafdorlari NATO hujumlarini bas qilishni talab qilmoqda

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti da’vosicha, Qaddafiy kuchlari Misrata shahrida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan.

“Qurolsiz, oddiy fuqarolar ayovsiz otilgan, bombardimon qilingan, aholi zich yashovchi hududlardan qalqon sifatida foydalanilgan, faollar bedarak ketgan”, - deydi tashkilot vakili Donatella Rovera. Sohilbo’yi shahar Misrata qonga botgani, hukumat va NATO zarbalari yuzlab odamni hayotdan olib ketgani aytiladi.

Xalqaro Jinoiy Sud prokurori Luis Moreno Okampo ham Liviya rahbarlarini qonli jinoyatlarda ayblab, ularni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Buni tasdiqlovchi dalillar yetarli, dedi Okampo BMT Xavfsizlik Kengashida qilgan nutqida.

Ishchi muhojirlar Liviyani tark etmoqda. "Tirik ekanimizga shukur" deydi ular

Ishchi muhojirlar Liviyani tark etmoqda. "Tirik ekanimizga shukur" deydi ular

Xalqaro Amnistiya Tashkiloti ham tergov tarafdori.

Qaddafiy tomondan bu borada biror izoh yo’q. Biroq hukumat avval boshdan oddiy aholiga tegmadik, deb keladi. Holbuki, jurnalist, gumanitar ishchilar va guvohlar buning aksini aytmoqda.

Kecha Xalqaro Migratsiya Tashkilotiga qarashli kema 800 odamni Misratadan Bing’oziga yetkazgan. 50 nafari yarador. Shuningdek, Tripolida payshanba kuni xorijlik muxbirlar yuzlab qabila vakillari bilan ko’rishgan. Bu oqsoqollar NATO hujumlarini, umuman, urushni bas qilishni so’ragan.

Bu orada Fransiya liviyalik 14 diplomatni haydamoqda. Kecha Britaniya bu davlatning ikki mulozimini chiqarib yuborgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG