Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

G’arb davlatlari Liviya uzra parvozlarni taqiqlash haqida o’ylanar ekan, Muammar Qaddafiy qarshi. “Harbiy javob qaytaramiz”, - deydi u, Turkiya matbuotiga bergan intervyusida.

Qaddafiyning da’vo qilishicha, G’arbning asl maqsadi – Liviya neft zaxiralarini o’z nazoratiga olish. Liviya rahbari to’polonda ajnabiy kuchlarni ayblab keladi.

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

“Afg’oniston, Jazoir, Misr va falastinlik g’ayirlarning ishi bu”, - deydi u. “Bing’ozi ahli bu ig’vogarlardan qutulishi kerak. Ular farzandlarimizni yo’ldan ozdirayapti”, - deydi Qaddafiy.

Uning armiyasi mana besh kundirki muxolifat hukmron Zaviya shahriga qayta-qayta hujum qilmoqda.

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Poytaxt Tripolidan 50 kilometr narida joylashgan, oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj shahar ayovsiz o’qqa tutilgan.

O’nlab odam, ayollar va bolalar o’lgani ma’lum. Kasalxonalar jasadlar va yaradorlar bilan to’la.

Sharqda neft serob port shahar Ras Lanuf havodan bir necha bor urilgan. Armiya isyon ko’targan fuqarolarni holdan toydirish uchun muhim obyektlar, jumladan, suv omborini nishonga olgan.

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Ras Lanuf Liviya qora oltin sanoatining muhim bandi sanaladi. Sharqiy viloyatlarni egallagan, Kalashnikov avtomatlarini qulochlagan muxolifat uni boy bermoqchi emas.

“Poytaxt Tripoligacha boramiz”, - deydi ular.

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Armiya siquvi ostida bu kuchlar shu hafta Bin Javad shahrini boy bergan edi. Omma uni qaytarish harakatida.

Kuni-kecha tomonlar muzokara qilishi mumkin degan taxminlar yangragan edi. Biroq Bing’ozida joylashgan isyonchilar buni inkor etgan.

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Qaddafiy g’arb hujumiga urush bilan javob qaytarishga tayyor

Muxolifat xorij davlatlariga murojaat qilib, Liviyada harbiy parvozlarni man qilishga, Qaddafiy kuchlarini jilovlashga da’vat etgan.

Chet davlatlar hukumatlariga maktublar jo’natilgan. Yevropaga elchilar safarbar etilgan.

Kecha Italiya delegatsiyasi Bing’ozida bo’lib, xalq bilan, muvaqqat hukumat bilan gaplashgan. Biroq Liviya muxolifati hamon zaif, tarqoq ekani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG