Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

  • Amerika Ovozi

Aqli joyida bo'lgan odam hukumatga qarshi namoyish qilmaydi, deydi u

Aqli joyida bo'lgan odam hukumatga qarshi namoyish qilmaydi, deydi u

Liviya rahbari Muammar Qaddafiy g’alayon ortida turgan al-Qoida va uning yetakchisi Usama bin Laden, deydi.

Bugun televideniyeda qilgan nutqida Qaddafiy dediki, al-Qoida Liviya yoshlariga dori berib, boshini aylantirgan. Aqli joyida odam ko’chaga chiqib, hukumatga qarshi bosh ko’tarmas edi, deydi u.

Liviya yetakchisi ota-onalarni farzandlarni qo’lga olishga undadi.

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

Bir haftadan beri notinch Liviyada rahbar tarafdorlari va namoyishchilar olishmoqda.

Eng ayovsiz to’qnashuvlar yirik shaharlardan biri – Misratada ro’y berdi. Zaviya shahrida ham janglar kuzatilgan.

O’lganlar bor-yo’qligi noma’lum.

Bugun va ertaga yangi namoyishlar rejalanar ekan, yana qon to’kilishi aniq, deydi guvohlar.

Qaddafiyga sodiq kishilar va ajnabiy jangarilar poytaxt Tripolida mahkam o’rnashib olgan. Hukumatga qarshi chiqqan odamlar qidiruvda.

Muxolifat esa sharqiy viloyatlar, sohilbo’yi hududni qo’lga olganini da’vo qiladi. Xalq birlashib, o’ziga rahbarlarni tanladi, yo’llarda tekshiruv-o’tish punktlari tuzilgan.

Qo’zg’olon beshigi sanalgan Bing’ozi shahrida qayoqqa qaramang, qizil, yashil va qora rang yugurgan bayroqlar.

“Hudud bizniki”, deb e’lon qilgan omma tantana qilmoqda. Bayda shahrida politsiya mahkamalari, razvedka va hukumat binolari vayrona. Atrofni qo’riqlash -- fuqarolar zimmasida.

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

Kecha Bing’ozi shahriga bombardimon qilishga yuborilgan ikki uchuvchi buyruqni bajarishdan bosh tortgan. Hafta boshida boshqa bir juft pilot aholini o’qqa tutmay, Maltaga qochgan edi.

O’lganlar sonini aniq aytish qiyin. Inson huquqlari tashkilotlari 300 kishi haqida gapiradi, ammo guvohlar nazarida talofatlar bir necha bor yuqori. Ba’zilar taxminicha, 1000 dan ziyod odam o’lgan.

Qaddafiyning uzoq yillik safdoshi, Ichki ishlar vaziri Abdul Fattoh Yunus ishdan bo’shab, namoyishchilar tomoniga o’tgan. Hafta boshidan beri adliya vaziri, qator diplomatlar, harbiylar Liviya rahbaridan yuz o’girgan.

Minglab chet elliklar Liviyani tark etish harakatida. Ba’zilar havo va dengiz yo’llari orqali ketsa, boshqalar jon talvasasida qo’shni Misrga qocha boshlagan.

Bu odamlar uzoq yillar neftga boy Liviyada yashab, dunyo orttirgan. Endi barini tashlab chiqishga majbur.

Omma qo’rquvda. Kimdir ustidagi kiyimi bilan, boshqalar uyda bor puli bilan ketmoqda. Ba’zilar tirik qolganiga shukur qiladi.

“Namoyish bir-ikki kun davom etadi deb o’ylagan edik”, - deydi odamlar. “Biroq keyin hukumat hujumga o’tdi. Qurollangan askarlar qarab-netmay hammani ota boshladi”.

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va boshqa gumanitar tashkilotlar Liviyaga yordam uzata boshlagan. Qochqinlar uchun palatkalar o’rnatildi.

Vrachlar “dori-darmon kam, bolalarga yegulik yo’q”, deydi.

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

Qaddafiy: namoyishlar ortida turgan al-Qoida va Usama bin Laden

AQSh prezidenti Barak Obama Liviya hukumatini zo’ravonlikni bas qilishga chaqirdi.

Obama aholiga qarshi bosim, ta’qibni qoraladi.

“Amerika xalqi yaqinidan ayrilgan, jabr tortgan liviyaliklarga hamdardlik bildiradi”, - deydi Obama. “Qirg’indan dahshatdamiz. Namoyishchilarni o’qqa tutishni to’xtating”, - deya talab qildi AQSh rahbari.

“Liviya xalqi erkin yashashni istaydi va bunga haqli”.

Liviya hukumati va armiya xalqaro huquq me’yorlarini buzmoqda.

“Qo’shma Shtatlar erkinlik va adolat tarafdori va haqqini talab qilgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlaydi”, - dedi Amerika rahbari.

Muammar Qaddafiy kuni-kecha Liviya davlat telekanalida qilgan chiqishida vatanidagi notinchliklarda G'arbni, xususan AQShni ayblagan.

"Bir narsani aniq aytaman”, - dedi Barak Obama. “Arab dunyosi, Yaqin Sharq bo'ylab yuz bergayotgan o'zgarishlarni bu xalqlarning o'zi qilmoqda. Bu Amerika yoki boshqa davlatning ishi emas. Odamlar taqdirini o'z qo'liga olib, hayotini yaxshilamoqchi", - deydi prezident Obama.

Xalqaro hamjamiyat Liviyadagi qirg’inni tanqid qilib, Qaddafiy ma’muriyatiga qarshi jazo choralarini muhokama qilmoqda. Rasmiylarga viza bermaslik, hisob-raqamlarini muzlatish shular jumlasidan.

Al-Qoidaning Shimoliy Afrikadagi bo’limi – Islomiy Mag’rib namoyishlarni qo’llab-quvvatlagan. Jangarilar kurashni davom ettirishga undamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG