Qaddafiy tarafdorlariga: Siz va men - bir tanu, bir jonmiz


Tripoli, 25 fevral 2011

Tripoli, 25 fevral 2011

O’tgan bir hafta ichida Liviya g’arbidagi aksar shaharlar namoyishchilar qo’liga o’tdi, biroq 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiy poytaxt Tripolini boy bermayapti.

Unga sodiq harbiy bo’linmalar va yollanma jangchilar olomonni Qaddafiy saroyiga yaqinlashtirmaydi. Juma namozidan chiqib namoyish qilgan omma o’qqa tutilgan.

Muammar Qaddafiy bugun Tripolining “Yashil”maydonida to’plangan tarafdorlari oldida chiqish qilib, ayniqsa yoshlarni qurollanishga va vatan himoyasiga otlanishga da’vat etgan.

“Siz va men bir tanu, bir jonmiz, sizning orangizdan chiqqanman”, - deydi rahbar.

“Xalqimiz har qanday agressiyani qaytarishga qodir. Buning uchun, kerak bo’lsa, hammaga qurol tarqatamiz. Liviya olov bo’lib yonadi”, - deydi polkovnik Qaddafiy.

Bu orada, Liviyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jenevadagi diplomatik missiyasi a’zolari Qaddafiy hukumatini tark etishini e’lon qildi.

Liviyaning BMTdagi vakillari Qaddafiy hukumatiga ortiq xizmat qilmaydi

Liviyaning BMTdagi vakillari Qaddafiy hukumatiga ortiq xizmat qilmaydi

“Biz xalq vakillarimiz va faqat unga xizmat qilamiz”, - deydi diplomatlar.

Xalqaro hamjamiyat Liviya qurolli kuchlari o’qidan minglab inson halok bo’lganini keskin qoralab, jazo choralari ko’ra boshlagan.

Yevropa Ittifoqi, 27 a’zoli blok qurol embargosi joriy etishga kelishib oldi. Shuningdek, Liviya rasmiylarining xorijdagi hisob raqamlari muzlatiladi, ularga chet elga chiqish uchun viza berilmaydi.

Qo’shma Shtatlar Tripolidagi elchixonasini yopib, barcha diplomatlarini mamlakatdan chiqargan. Liviyani BMT Inson huquqlari kengashidan haydash kerak deb chiqmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari Liviyada ro’y bergan qatliomni Xalqaro Jinoiy Sudga oshirish to’g’risida rezolyutsiya loyihasiga ovoz berishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG