Xalqaro sud Qaddafiyni qamoqqa olishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

Xalqaro sud Qaddafiyni qamoqqa olishni buyurdi

Xalqaro sud Qaddafiyni qamoqqa olishni buyurdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Liviya rahbari Muammar Qaddaffiy, o’g’li Sayf ul-Islom va mamlakat xavfsizlik kuchlari boshlig’i Abdulloh al-Senussiyni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, ularni hibsga olishni buyurgan.

Xalqaro jinoiy sud prokurori Luis Moreno Okampo Gaagadagi bayonotida “Liviya rahbari tinch fuqarolarni o’qqa tutishni buyurganini isbotlovchi dalillar bor”, - deydi.

Uning ta’kidlashicha, Qaddafiy norozilik namoyishlarida ishtirok etayotganlarga hujum qilish va xavfsizlik kuchlaridan qochib masjidlarda yashiringan fuqarolarni birma-bir nishonga olish haqida buyriq bergan.

Muammar Qaddafiy

Muammar Qaddafiy

Liviya ushbu xalqaro jinoiy sudga asos solgan Rim kelishuviga qo’l qo’ymaganligi uchun bu mahkama biror vakolatga ega emasligini bildirgan.

Qaddafiy ma’muriyati tinch fuqarolar nishonga olinmagan deb keladi.

Aksincha, bunda isyonchilarni himoya qilayotgan NATO kuchlarini ayblamoqda.

Qaddafiy kuchlariga qarshi kurashayotgan harakat Xalqaro jinoiy sud farmonini Misrata shahrida tantana bilan kutib olgan.

Qaddafiyga qarshi kurashayotgan kuchlar

Qaddafiyga qarshi kurashayotgan kuchlar

Isyonchi kuchlar Tripolidan 80 kilometr narida hukumat kuchlari bilan olishmoqda.

“Jinoyatchilarni hibsga olishga doir farmon Liviya rahbari Qaddafiyga nisbatan bosimni yanada kuchaytiradi va shu bilan u lavozimdan ketadi degan umiddamiz”,- deydi muxolif kuchlar vakili Ahmad Darrat.

Tripolida yangrayotgan bayonot shuki, Qaddafiy hokimiyatda qoladi va nazorat o’rnatadi, deb qayd etmoqda.

Aholi tinchlik istaydi

Aholi tinchlik istaydi

Ayrim xabarlarga ko’ra, bugun prezident saroyi yaqinida ikki portlash ro’y bergan.

Shuningdek, Liviya diplomatlari Tunisda xorijiy rasmiylar bilan uchrashayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Afrika Ittifoqi Liviyada tinchlikni tiklash uchun olib boriladigan muzokaralarda Qaddafiy ishtirok etmaydi. Bu tashkilot sal oldin Qaddafiy hukumati va birlashgan muxolifat kuchlari bilan uchrashib, maslahatlashgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG