“Iroqdagi xatolar Liviyada takrorlanmasin”


“Iroqdagi xatolar Liviyada takrorlanmasin”

“Iroqdagi xatolar Liviyada takrorlanmasin”

Liviyada hokimiyatni egallagan isyonchilar Bani Valid shahriga yurish rejalamoqda. Mamlakatni 42 yil boshqargan Muammar Qaddafiyning qarorgohlaridan biri hisoblanadi.

Muvaqqat boshqaruv kengashi jang ketayotgan hududlar aholisini ular tomonga o’tishga da’vat etdi.

Hozirda Liviyaning katta qismi muxolifat nazoratida. Raqib tomonga qurolini tashlab, taslim bo’lish uchun yana bir hafta muhlat berilgan.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Franko Frattini, bugungi bayonotida, Iroqdagi urush tajribasidan saboq olishga, Liviyadagi mavjud harbiy strukturani barbod qilmaslikka chaqirdi.

“Bundan sakkiz yil oldin, Iroqda Saddam Husayn rejimi qulagach armiya tarqatib yuborilgani, ko’plab sobiq askarlar jangarilar safiga qo’shilganini unutmaslik lozim”, - deydi Italiya rasmiysi.

Liviya muvvaqqat boshqaruvi raisi Mustafo Abdul Jalil “hozir istagan shaharga qo’shin yubora olsakda, qon to’kilishiga hojat yo’q”, demoqda. Sirta va Bani Valid shaharlarida o’rnashib olgan harbiylarga maslahat – tinchgina taslim bo’ling.

Turkiyaning Liviyadagi elchisi Ali Kamol Oydin Muammar Qaddafiyni ham o’zini xalq qo’liga topshirishga da’vat etgan.

Yollanma jangarilar deya gumon qilinayotgan muhojirlar

Yollanma jangarilar deya gumon qilinayotgan muhojirlar

Bu orada, “Human Rights Watch” inson huquqlari tashkiloti Liviyada mehnat muhojirlari jangarilik gumoni bilan yoppasiga hibsga olinayotgani haqida ma’lum qildi.

“Muvaqqat rahbarlar zudlik bilan tekshiruv o’tkazishi lozim”, deyiladi guruh bayonotida.

Qo’zg’olon boshlanguniga qadar Liviyada ikki milliongacha muhojir turli sohalarda ishlagan, bir qismi xalqaro tashkilotlar yordamida mamlakatni tark etgan.

XS
SM
MD
LG